Atambayev qachongacha tergov hibsxonasida qolishi ma’lum bo‘ldi

© Vladimir AstapkovichPrezident Kirgizstana Almazbek Atambayev
Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sud Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga nisbatan qo‘llangan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini uzaytirish masalasini ko‘rib chiqdi.

TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev Qirg‘iziston Respublikasi milliy xavfsizlik qo‘mitasi (GKNB) tergov hibsxonasida 26-oktabrga qadar qoladi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston Atambayev advokati Sergey Slesarevning so‘zlariga tayanib xabar qildi.

Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev   - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev oilasi nomida bo‘lgan mol-mulk xatlab qo‘yildi

Bugun Pervomaysk tuman sudi Qirg‘iziston Respublikasi milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosida sayyor sud o‘tkazdi va Atambayevning qamoqda saqlash muddatini uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Atambayevning hisbga olinishi

7 avgust kuni kechqurun Koy-Tash qishlog‘ida GKNB spesnazi Atambayevni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiyani amalga oshirishga urindi, ammo shturm uning tarafdorlari tomonidan yo‘qqa chiqarildi. 8-avgust kuni huquq tartibot organlari takroriy shturmni amalga oshirdilar, oqibatda siyosatchi taslim bo‘ldi. Xuddi shu kuni 26-avgust sanasiga qadar Atambayevni GNKB SIZOsida qoldirish qarori qabul qilindi. Shuningdek, uning bir necha tarafdorlari ham hibsga olingan.

Atambayev 14ta jinoiy ish bo‘yicha ayblanmoqda. Sobiq prezident advokati so‘zlariga ko‘ra, Atambayev tergov boshlangan kundan boshlab birorta savolga javob bermagan, sababi o‘ziga qarshi amalga oshirilayotgan harakatlar noqonuniy, deb hisoblaydi.

Yangiliklar lentasi
0