Buyuk Britaniyada “osmondan tushgan” sirli jonzod topildi - foto

© Sputnik / Mediabankka o‘tishPreduprejdayushaya tablichka na dveri laboratorii
Preduprejdayushaya tablichka na dveri laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buyuk Britaniyaning Kingston-apon-Xall shahrida er xotin o‘z hovlisida sirli mavjudodni topishdi.

TOShKENT, 9 cyen – Sputnik. Buyuk Britaniyaning Kingston-apon-Xall shahrida er xotin o‘z hovlisida sirli mavjudodni topishdi. Bu haqda RIA Novosti Hull Live nashriga asosan xabar qildi.

Vendi Grey va Endi Veer o‘z hovlisida “ilonga o‘xshash, tishi va tumshug‘i bor bo‘lgan jonzod”ni topishdi. Uy egalari ta’kidlashicha, jonzod osmondan tushgan bo‘lishi mumkin.

Ular uni idishga solib, internetda uni nima ekanligini bilib olishga harakat qilishdi, biroq ular jonzod turini aniqlay olishmadi.

Greyning ta’kidlashicha, “mehmon”ning tanasi yarmi yeb qo‘yilganga o‘xshadi. Ayol bu topilma ko‘rgandan so‘ng uxlay olmaganligini tan oldi.

Yangiliklar lentasi
0