Rossiyada eng ko‘p haq to‘lanadigan kasb ma’lum qilindi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishRossiyskie rubli
Rossiyskie rubli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Rossiyada ushbu kasb egalariga oyiga 430 ming rubl (6,7 ming dollar) to‘lashga tayyorlar.

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Rossiya Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi mamlakatda eng ko‘p haq to‘lanadigan lavozimni ma’lum qildi.

Idora ma’lumotlariga qaraganda, baliqchilik sohasidagi uskunalarni ta’mirlash bo‘yicha mexanik Rossiyada eng yuqori haq oladigan bo‘sh ish o‘rni ekani ma’lum bo‘ldi. “Izvestiya” nashri mazkur hujjat bilan tanishib chiqdi.

Otkritie magazina Ashan-Siti v torgovom sentre Golden Park - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada talab yuqori bo‘lgan kasblar ma’lum qilindi

Ta’kidlanishicha, ushbu kasb egalariga oyiga 430 ming rublni (6,7 ming dollar) to‘lanadi.

Rossiya Baliqchilik ittifoqi direktori Sergey Gudkov bergan izohga ko‘ra, mexaniklarning o‘rtacha daromadi odatda 200 ming rubl (3,1 ming dollar)dan oshmaydi va reytingda ko‘rsatilgan ish haqi xodimga alohida ehtiyoj mavjud bo‘lganda va juda kamdan-kam hollarda taklif qilinishi mumkin.

Eng ko‘p haq to‘lanadigan bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxatidagi ikkinchi o‘rinni ko‘mir qazib olish sohasidagi bo‘lim boshlig‘i va samolyot uchuvchisi o‘zaro bo‘lishib olgan. Ularning maoshlari oyiga 330 ming rubl (5,1 ming dollar)ni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyaliklar oyiga 66 ming rubl (995 dollar) miqdordagi ish haqi adolatli va munosib ekanligini ma’lum qilishgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0