Putin Saudiya Arabistoniga S-300 yoki S-400 sotib olishni taklif qildi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Tursiyu
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Tursiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Putin Anqarada o‘tgan Rossiya, Eron va Turkiya prezidentlari ishtirokidagi Suriya bo‘yicha uch tomonlama sammit davomida Saudiya Arabistonining neft zavodlariga qilingan hujum haqidagi savolga javoban Qur’ondan iqtibos keltirgan.

TOShKENT, 17 sen – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin podshohlik neft obyektlariga dron orqali hujum qilingan so‘ng Saudiya Arabistoniga  Rossiyaning S-400 yoki S-300 zenit-raketa majmualarini sotib olishni taklif qildi.

Putin Anqarada o‘tgan Rossiya, Eron va Turkiya prezidentlari ishtirokidagi Suriya bo‘yicha uch tomonlama sammit davomida  Saudiya Arabistonining neft zavodlariga qilingan hujum haqidagi savolga javoban Qur’ondan iqtibos keltirgan.

Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoe dejurstvo v Sevastopole - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Hindistondan S-400 uchun birinchi to‘lovni oldi

“Muqaddas Qur’onda o‘z urug‘-aymog‘ini himoya qilishdan tashqari, har qanday zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi aytilgan. O‘z urug‘-aymog‘i, o‘z mamlakatini himoya qilishda Saudiya Arabistoniga tegishli ko‘mak ko‘rsatishga tayyormiz”, - deya Rossiya yetakchisi so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, podshohlik rahbariyati “dono qaror qabul qilishi” va Eronga o‘xshab S-300 yoki Turkiya hukumati singari S-400 xarid qilishi kifoya.

“Ular Saudiya Arabistoni infratuzilmasining har qanday obyektini ishonchli himoyalaydi”, - deya ta’kidlagan Putin.

Putin Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning “S-300 yoki S-400 sotib olgan ma’qulroqmi?” degan savoliga “O‘zlari tanlasinlar” deb javob qilgan.

Bundan tashqari, Rossiya yetakchisi Saudiya Arabistonidagi neft zavodlariga qilingan hujum haqidagi savolga javoban yana Qur’ondan iqtibos keltirgan.

ZRS S-400 Triumf - Sputnik O‘zbekiston
AQSh hasaddan S-400 kamchiliklarini izlamoqda – ekspert

"Aholisining asosiy qismini musulmonlar tashkil etadigan Turkiyadek davlatda bo‘la turib, muqaddas Qur’oni Karim oyatlarini eslamay o‘tishning imkoni yo‘q. Allohning marhamatini yodda tuting. Sizlar bir vaqtlar dushman edingizlar, Alloh sizning qalblaringizni birlashtirdi va sizni birodar qildi, deyiladi Qur’onda. Mana shundan kelib chiqib ish qilishimiz kerak deb o‘ylayman”, - deya so‘zlariga yakun yasagan Rossiya prezidenti.

O‘tgan shanba kuni tongda Saudi Aramco - milliy neft kompaniyasiga tegishli  bir necha yirik neft qazib olish konlariga dronlar hujum qilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Ushbu hujumlar uchun javobgarlikni Yaman muxolifatchilari o‘z zimmasiga olgan.Ammo AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ushbu hodisada Eronni ayblagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum Yaman tomonidan amalga oshirilganing “hech qanday dalili yo‘q”.

Qolaversa, amerikalik senator-respublikachi Lindsi Grem Tehron "o‘z fitnalarini davom ettiradigan bo‘lsa", AQSh hukumatining Erondagi neft obyektlari bo‘ylab zarba berish imkoniyatini muhokama qilishni taklif qilgan.

Yangiliklar lentasi
0