Hindistonlik erkak boshida “iblis” shoxi o‘sib chiqdi – foto

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishVintorogiy kozel
Vintorogiy kozel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Erkakning o‘zi uning “shoxi” unga qiyinchilik tug‘dirmaganini bildirgan. U sartaroshdan uni arralab qisqartishni so‘ragan.

TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Hindistonning Sagar (Madha-Pradesh shtati) shahrida istiqomat qiluvchi erkakning boshida o‘sib chiqqan “iblis” shoxi olib tashlandi. Shoxning uzunligi 10 santimetrdan ziyod bo‘lgan, deya yozadi Daily Mail.

​Nashr ma’lumotlariga qaraganda, o‘simta erkakning boshida taximinan besh yil ilgari qattiq zarbadan so‘ng paydo bo‘lgan.

Hindistonda “suv parisi” ko‘rinishidagi chaqaloq dunyoga keldi – foto

Erkakning o‘zi uning “shoxi” unga qiyinchilik tug‘dirmaganini bildirgan. U sartaroshdan uni arralab qisqartishni so‘ragan. Biroq o‘simta o‘sishda davom etgan va u shifokorlarga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Hindistonda 7 yoshli bolaning 526 ta ortiqcha tishi olib tashlandi – video

Amaliyot muvaffaqiyatli o‘tgan va hozirda bemorning ahvoli yaxshi.

Yangiliklar lentasi
0