Lavrov: YeI Markaziy Osiyodagi hamkorlarni Rossiyadan ixlosini qaytarmoqchi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishVstrecha glav MID RF i Venesueli S. Lavrova i X. Arreasi
Vstrecha glav MID RF i Venesueli S. Lavrova i X. Arreasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevropa ittifoqi o‘zining Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasi va “Sharqiy hamkorlik”loyihasi bilan nimani maqsad qilib qo‘ygani haqida gapirdi.

TOShKENT, 26 sen - Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevropa ittifoqi o‘zining Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasi va “Sharqiy hamkorlik”loyihasi yordamida sharqiy va Markaziy Osiyo hamkorlarni Rossiyadan “ixlosini qaytarishini” istayotganini ma’lum qildi.

Aleksandr Gusev - Sputnik O‘zbekiston
Kelgusi yillarda O‘zbekiston uchun kurash boshlanadi - Gusev

“Hozirda Sharqiy hamkorlik” ortidan YeI Markaziy Osiyo uchun Rossiya manfaatlari va tarix, iqtisodiyot, urf-odatlar, madaniyat, inson munosabatlari, xavfsizlik masalalari bo‘yicha bizni birlashtiradigan aloqalarni hisobga olmagan holda tuzilgan dasturni rivojlantirmoqda, zeroki u yerda bizning ittifoqdoshlarimiz va strategik hamkorlarimiz ham bor, - dedi Lavrov “Kommersant’" gazetasiga bergan intervyusida. – Bizning ma’lumotlarga qaraganda, hozir ular sobiq SSSRning Yevropa va Kavkaz orti respublikalari ishtirok etayotgan "Sharqiy hamkorlik" va YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi strategiyasi o‘rtasida do‘stona aloqa o‘rnatishga urinishmoqda. Bu kabi yirik loyihalar ishlab chiqarilayotgan paytda hatto potensial rejimda ham hech narsani sir saqlamaslik kerak".

Lavrov YeIning bu loyihalardan ko‘zlagan maqsadi Moskvaga ma’lum ekanini qo‘shimcha qilgan. Ularning maqsadi sharqiy va Markaziy Osiyo hamkorlarni Rossiyadan ixlosini qaytarish va Rossiya va bu mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni susaytirish hamda o‘zini qanoatlantiruvchi qonun-qoidalarini joriy etishdan iborat.

Posol Rossii v Uzbekistane Vladimir Turdenev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Rossiyaga xush yoqish uchunmas, o‘z pozitsiyasiga ko‘ra ish tutadi - Turdenev

Iyun oyi o‘rtalarida Yevropa ittifoqi kengashi Markaziy Osiyo bilan munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha yangi strategiyani ma’qulladi. Unda YeI mintaqa mamlakatlari bilan kengaytirilgan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni tuzish va amalga oshirishga hamda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish maqsadida hamkorlikni kuchaytirishga tayyorligi ifoda etilgan. Birinchi strategiya 2007-yilda qabul qilingan.

Yangiliklar lentasi
0