Saqichning foyda va zarari haqida olimlar qanday fikrda

CC0 / Unsplash / fardad armoodian / Devushka s jevatelnoy rezinkoy
Devushka s jevatelnoy rezinkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Biz bilgan va sevib chaynaydigan “jvachka” xususida shifokorlar qanday fikrda? Uni tanlashda nimalarga e’tibor qaratish lozim?

TOShKENT, 26 sen - Sputnik. Shifokorlar ovqatdan so‘ng 10-15 daqiqa davomida saqichni muntazam ravishda chaynab turish tish salomatligini saqlashga va  chaynash mushaklarini faolligini susaymasligiga yordam berishini ma’lum qilishdi. Asosiysi, saqich tarkibida shakar va sun’iy bo‘yoqlar juda kam miqdorda bo‘lishi darkor, deya yozadi RIA Novosti.

“Saqichni har bir ovqatdan so‘ng 10-15 daqiqada davomida chaynash lozim. Umuman olganda, to‘g‘ri foydalanilsa bu foydali”, - dedi Sechenov nomidagi Sechenov nomidagi birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti professori Igor Bondarenko.

Devushka prinimayet vannu - Sputnik O‘zbekiston
Har kuni cho‘milish shartmi – shifokorlar javobi

Shifokor saqich tupuk ajralib chiqishi evaziga og‘iz bo‘shlig‘ini tozalashga yordam berishini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, saqichdan tish chotkasi o‘rnida foydalanmaslik zarur, chunki og‘iz bo‘shlig‘i katta e’tibor va tozalikni talab etadi.

Mutaxassis saqichning foydali tomoni sifatida u chaynash mushaklari faolligini ushlab turish, parodontda qon aylanishini yaxshilash hamda ovqatdan so‘ng tozalik hissini berish jihatlarini ko‘rsatib o‘tdi.

Ushbu universitetning boshqa professori Aleksey Buyeverov, o‘z navbatida, saqich chaynash oshqozon uchun xavfsiz ekanini qo‘shimcha qilib, uni kun bo‘yi chaynamaslikni va yutib yubormaslikni tavsiya qildi.  

Parodontga chalinganlar saqichdan voz kechganlari ma’qul. Saqich tanlayotganda tarkibida shakar va sun’iy bo‘yoqlar juda kam miqdorda bo‘lishiga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlangan.

Yangiliklar lentasi
0