Atambayevning rafiqasi marshrutkada yurishi qizg‘in muhokama qilinmoqda - foto

© Sputnik / Tabildi KadirbekovSupruga bivshego prezidenta Almazbeka Atambayeva Raisa Atambayeva
Supruga bivshego prezidenta Almazbeka Atambayeva Raisa  Atambayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston sobiq prezidentining rafiqasi Raisa Atambayeva Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasida ishlashni davom etmoqda.

TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda sobiq prezidentning rafiqasi Raisa Atambayeva jamoat transportida yurishi tasvirga olingan suratlar paydo bo‘ldi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.

Xabarda yozilishicha, suratlarda Atambayeva jamoat transporti bekatida turgani va marshrutkada o‘tirgani aks etgan.

Qirg‘izistonliklar ushbu surat ostida ko‘plab izohlar yozishmoqda.

Aksariyat foydalannuvchilar bu “xalq bilan yaqinlik” sobiq prezidentning mol-mulki hibsga olinish bilan bog‘liq degan taxmin qilishdi.

Bu suratlar yuzasidan Almazbek Atambayevning maslahatchisi Kunduz Joldubayeva izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Atambayeva ehtimol ishga ketayotganda tasvirga olingan. Chunki u Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasida dars berishni davom etmoqda. Maslahatchi Atambayevaning jamoat transportida yurishi mol-mulk hibsga olishini bilan bog‘liq emasligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0