Germaniyada AQSh qiruvchisi halokatga uchradi

© AFP 2023 / AFP PHOTO/JUAN BARRETO Istrebitel F16
Istrebitel F16 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniyaning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Trir-Saarburg tumanida F-16 qiruvchisi halokatga uchradi.

TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Germaniyaning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Trir-Saarburg tumanida F-16 qiruvchisi halokatga uchradi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Tank T-90A na  V Mejdunarodnom voyenno-texnicheskom forume Armiya-2019 - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va NATOdagi tanklar soni taqqoslandi

Amerikaning Shpangdalem aviabazasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, samolyot AQSh harbiy havo kuchlariga tegishli va uning boshqaruvida amerikalik uchuvchi bo‘lgan.

Uchuvchm katapulta yordamida samolyotdan otilib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Pilot qidiruv guruhi tomonidan topilgani va u yengil jarohat olgani aniqlandi.

Politsiya ma’lum qilishicha, samolyot odam yashamaydigan hududda quladi.

Aviahalokat sabablarini tekshirish bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0