Bezorilik va o‘g‘rilik: Tojikistonda jinoyatlar soni ko‘paydi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikistonda shu yil 8 oyda jinoyatlar soni 16 mingga yetdi. Shulardan 3,5 tasi “og‘ir” jinoyatlar hisoblanadi.

TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Tojikiston statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda jinoyatlar soni ko‘paydi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston fuqarolarini o‘ldirgan "FSB bandasi" a’zolariga sud hukmi e’lon qilindi

2019 yil 8 oyida ro‘yxatga olingan jinoyatlar soni 16 mingga yetdi, bu o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 2,1 foizga ko‘paygani ma’lum bo‘ldi.

Rasmiylashtirilgan jinoyatlar umumiy sonidan 3,5 tasi (o‘tgan yilga qaraganda 2 foiz kamroq) “og‘ir” jinoyatlarni tashkil qiladi.

Eng ko‘p jinoyatlar So‘g‘d viloyatida sodir etilgan. Shu hududda 10,5 foizga ortgan.

Xatlon viloyatida jinoyatlar o‘tgan yilga nisbatan 9,5 foizga kamaygan.

Jinoyatlar bezorilik (4,7%),  o‘g‘rilik (3,3%) va firibgarlik (1,7) jinoyatlari hisobiga ko‘paygan.

Zo‘rlash, bosqinchilik, talonchilik va giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar soni 2018-yilga nisbatan 25 foizga kamaydi.

Hisobot davrida jinoyatlarni fosh etish 2 foizga ko‘paydi.

Yangiliklar lentasi
0