Severodvinskda AQSh diplomatlari poyezddan tushirib olindi

© Sputnik / Oleg Kuleshov / Mediabankka o‘tishPodvodniy kreyser "Knyaz Vladimir" vozobnovil zavodskie xodovie ispitaniya
Podvodniy kreyser Knyaz Vladimir vozobnovil zavodskie xodovie ispitaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning "rejimli" shahriga kirishga uringan AQSh diplomatlari Severodvinskdan 40 km masofada to‘xtatib qolindi.

TOShKENT, 17 okt – Sputnik. Rossiya va AQSh orasida navbatdagi diplomatik mojaro avj olmoqda. Kecha Rossiya maxsus xizmatlari 3 nafar AQSh diplomatlarini Severodvinsk shahriga kirib kelishda poyezddan tushirib olishdi, RIA Novosti TIV xabariga asosan.

Ular xorijiy fuqarolar kirishi ta’qiqlangan hududga maxsus ruxsatnomasiz kirmoqchi bo‘lishgan.

“AQSh elchixonasi xabarini to‘liq tasdiqlaymiz. Bu rasmiy tashrif edi. ular o‘z rejalari haqida Mudofaa vazirligini ogohlantirishgan, lekin xabar qilingan Arxangelsk shahri o‘rniga diplomatlar Severodvinsk tomon yo‘l olishgan”, - deyilgan TIV xabarida.

“Ehtimol ular rostdan ham adashib qolishgandir. AQSh elchixonasiga Rossiya xaritasini taqdim etishga tayyormiz”, - deyilgan TIV xabarida.

Ma’lumot uchun, Severodvinsk shahrida Rossiyaning markaziy dengiz poligoni va eng yirik kema quruvchi zavodlari joylashgan. Ikki oy oldin u yerda Rossaning eng yangi, yadroviy dvigatel bilan jihozlangan raketasini  sinovdan o‘tkazish vaqtida avariya sodir bo‘lgan edi. O‘shanda “Rosatom”ning besh nafar xodimi vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0