Pens va Pompeo Suriyadagi inqirozni muhokama qilish uchun Anqaraga uchdi

© Sputnik / Eduard Pesov / Mediabankka o‘tishZdanie Kongressa SShA (Kapitoliy) v Vashingtone.
Zdanie Kongressa SShA (Kapitoliy) v Vashingtone. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Rajab Tayip Erdog‘an sal oldin Pens bilan uchrashishdan bosh tortgan edi, shu bois vitse-prezident va davlat kotibini qabul qilishi hozircha noma’lum

TOShKENT, 17 okt - Sputnik. AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens va davlat kotibi Mayk Pompeo Suriyadagi inqirozni muhokama qilish uchun Anqaraga uchdilar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Erdog‘an g‘arb davlatlarini munofiqlikda aybladi

Xabarda aytilishicha, vitse-prezident va davlat kotibi Vashington yaqinidagi Endrus harbiy-havo bazasiga bitta vertolotda soat taxminan 18.00larda uchib kelishgan. Shu bilan birga vitse-prezident va davlat kotibi bazadan boshqa-boshqa samolyotlarda uchib ketishgan. Ular taxminan 12 soatdan so‘ng Anqaraga qo‘nadilar.

AQSh Turkiya bilan Anqaraning qurdlarga qarshi o‘tkazayotgan harbiy operatsiyasi masalalarini muhokama qilishni rejalashtirgan. Turkiya prezidenti Rajab Tayip Erdog‘an sal oldin Pens bilan uchrashishdan bosh tortgan edi, shu bois vitse-prezident va davlat kotibini qabul qilishi hozircha noma’lum.

Erdog‘an 9-oktabr kuni Suriya shimolida Turkiyada ta’qiqlangan Qurdiston Ishchi partiyasi hamda "Islom davlati" terroristik uyushmasiga qarshi "Tinchlik manbai" deb nomlangan operatsiya boshlanganini e’lon qilgan edi. Turk aviatsiyasi shu kunning o‘zida ikki davlat chegarasidagi Ras al-Ayn shahri va boshqa qator shaharlar bo‘ylab zarba berdi. Sal keyin operatsiyaning yer ustidagi qismi boshlangani e’lon qilindi. Shu bilan birga, "ID"ga qarshi kurash masalalarida suriya qurdlarini mintaqadagi eng muhim ittifoqdoshlardan biri sifatida ko‘radigan AQSh Suriya shimoli-sharqidan o‘z qo‘shinlarini chiqarish qarorini qabul qilgan edi.

Tramp Turkiya boshlagan operatsiyaga javoban Suriya shimoli-sharqidagi vaziyat tufayli Anqaraga nisbatan sanksiya kiritish haqida farmonni imzoladi. Hozircha sanksiya ro‘yxatidan Turkiya Mudofaa va energetika vazirliklari, shuningdek, ushbu vazirliklar rahbarlari hamda Turkiyadagi hukmron adolat va taraqqiyot partiyasi raisi o‘rinbosari o‘rin olgan.

Yangiliklar lentasi
0