Zelenskiy rafiqasining ko‘ylagi keskin tanqidga uchradi - foto

© AP Photo/Sergei GritsVladimir Zelenskiy s suprugoy Yelenoy
Vladimir Zelenskiy s suprugoy Yelenoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Internet foydalanuvchilari Yelena Zelenskayaning libosini tanqid qilishdi. Uni monarxga hurmatsizlikda ayblashdi.

TOShKENT, 23 okt – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va uning rafiqasi Yaponiya imperatori Naruxito e’lon qilish marosiga tashrif buyurdi.

Tantanali marosimga Yelena Zelenskaya limon rangidagi kuylakni kiygan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Olena Zelenska (@olenazelenska_official)

Internet foydalanuvchilari Ukraina birinchi xonimining libosini tanqid qilishdi. Uni monarxga hurmatsizlikda ayblashdi. Libosning rangi e’tirozlarga sabab bo‘ldi.

“Yaponiyada rasmiy qabullarda xorijiy delegatsiya vakillari hech qachon sariq rangdagi liboslarni kiyishmaydi. Chunki bu imperatorga hurmatsizlik yoki imperator oilasi bilan aloqalarni namoyish qilish hisoblanadi”, - deb yozgan Lesia Tkach.

“Bunday rangdagi kuylakni olish mumkin emas! Bu monarxlarga haqorat! Ukraina endi Yaponiyadan hech narsa olmaydi”, - deb yozdi Svetlana Ivanova.

Kseniya Svarovski esa “Birinchi xonimning dizayneri diversant bo‘lsa kerak” deb yozgan.

VIII asrda Yaponiyada taqiqlangan ranglar tizimi ishlab chiqilgan. U hozirgi kungacha saqlanib qolgan, ammo endi u huquqiy maqomga ega emas. Xususan, sumax rangi faqat imperatorning tashqi kiyimi uchun ishlatilgan: uni yapon monarxidan tashqari hammaga ishlatishi taqiqlangan.

Yangiliklar lentasi
0