OAV: Angliyada o‘lik holda topilgan 39 kishi Xitoy fuqarolari

Obuna bo‘lish
Kuni kecha Buyuk Britaniyaning Esseks grafligi hududida ichida 39 kishining jasadi bo‘lgan yuk mashinasi topilgan edi.

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Angliya sharqida yuk mashinasidan topilgan 39 jasad Xitoy fuqarolariniki, deb xabar qilmoqda Sky News o‘z manbalariga tayangan holda.

Hozircha ushbu xabar rasman tasdiqlanmagan.

Politsiya na meste obnarujeniya gruzovika s telami v britanskom gorode Greys. 23-oktabrya 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Angliyada yuk mashinasidan 39 kishining jasadi topildi – video

Kuni kecha Buyuk Britaniyaning Esseks grafligi hududida ichida 39 kishining jasadi bo‘lgan yuk mashinasi topilgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, yuk mashinasi Buyuk Britaniyaga Bolgariyadan kelgan.

Bolgariya TIV RIA Novostiga mashina Bolgariyada ro‘yxatga olinganini tasdiqlagan.

Aniqlanishicha, yuk mashinasi haydovchisi - 25 yoshli shimoliy irlandiyalik. U qotillikda gumonlanib hibsga olingan. Buyuk Britaniya IIV rahbari Priti Patel fojiali hodisadan shok holatiga tushganini ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0