Rossiyada eng yuqori maosh to‘lanadigan ish o‘rinlari ma’lum qilindi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPress-konferensiya na temu: "Mashinochitayemie zashitnie priznaki na rossiyskix banknotax"
Press-konferensiya na temu: Mashinochitayemie zashitnie priznaki na rossiyskix banknotax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada eng yuqori maosh to‘lanadigan ish o‘rinlari reytingi tuzildi. Ro‘yxatga Moskva, Sankt-Peterburg, Yekateringburg va Novosibirsk shaharlaridagi ish o‘rinlari kiritildi.

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. HeadHunter xizmati mutaxassislari eng yuqori maosh to‘lanadigan ish o‘rinlari reytingini tuzishdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Predsedatel Soveta Federatsii RF Valentina Matviyenko - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada xorijiy talabalar ishlashi uchun sharoit yaratish kerak - Matviyenko

Birinchi o‘rinda - Senior IOSdeveloper/ IOS-yetakchi dasturchiga oyiga 300 ming rubl ish haqi taklif etilgan. Ikkinchi o‘rinda integratsion qarorlar dasturchisiga 230 ming rubl oylik taklif qilingan. IT xodimlarni boshqaruv direktori lavozimi 200 ming rubl oylik bilan uchinchi o‘rin oldi. Moskvada bu mutaxassislarga talab mavjud.

Shuningdek, reytingga Sankt-Peterburgdagi Senior GoDeveloper ish o‘rinlari (180 – 220 ming rubl), ichki auditor (170-200 ming rubl), soat ustasi (150 ming rubl) qo‘shildi.

Ro‘yxatga Yekaterinburgda eng maoshi yuqori bo‘lgan ish o‘rinlari  - 1S dasturchisi oyligi 150 ming rubl, Novosibirskda logistika bo‘limi rahbari ham 150 ming rubl ish o‘rinni kiritilgan.

Noyabrda bitta ish o‘ringa o‘rtacha 5 ta rezume to‘g‘ri keladi, o‘rtacha taklif etiladigan maosh 45 288 rublni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0