Amerikalik sobiq diplomat AQShni Qrim Rossiyaniki deb tan olishga chaqirdi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishPamatnik arxitekturi i istorii Lastochkino gnezdo v poselke Gaspra v Krimu
Pamatnik arxitekturi i istorii Lastochkino gnezdo v poselke Gaspra v Krimu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika diplomatik xizmatining sobiq xodimi Dennis Ortblad AQSh Moskva bilan munosabatlarini yaxshilash uchun Qrimni Rossiya qismi deb tan olishi lozimligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Amerika diplomatik xizmatining sobiq xodimi Dennis Ortblad AQSh Moskva bilan munosabatlarini yaxshilash uchun Qrimni Rossiya qismi deb tan olishi lozimligini ma’lum qildi.

“Bizning sanksiyalaridan farqli o‘laroq natijada foyda keltiruvchi Rossiyaga nisbatan real siyosat yordamida Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlarini yaxshilash vaqti keldi”, - deya yozgan Dennis Ortblad “The National Interest” jurnalida chop etilgan maqolasida.

Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik O‘zbekiston
Zaxarova Zelenskiyning “Qrimni qaytarish” strategiyasiga baho berdi

Xususan, u Moskvaga qarshi sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqishni va Qrim Rossiyaniki deb tan olishni taklif qilmoqda.

U Qrim Rossiya hududining qismi deb tan olish oqilona ekanini ta’kidlagan, zeroki hamisha uning aholisining asosiy qismini rus tilida so‘zlashuvchilar tashkil etgan. Qolaversa, u Qrim va Rossiyaning tarixiy birligiga e’tibor qaratgan.

“Biz Qrim Rossiyaning qismi bo‘lib qolishini tan olishimiz kerak. Uning aholisini hamisha ruslar tashkil etgan”, - deya yozgan maqola muallifi.

Qurollanish ustidan nazorat o‘rnatish borasida muzokaralarni qayta tiklash, NATOning rolini qayta ko‘rib chiqish va Rossiya va AQSh o‘rtasida talabalar almashish dasturini faollashtirish Rossiya-Amerika munosabatlarining tiklanishi uchun boshqa qadamlar sifatida aytib o‘tilgan.

Yangiliklar lentasi
0