Sud Trampga xayriya tashkilotlariga 2 mln $ to‘lash majburiyatini yukladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishDonald Tramp na polyax sammita "Gruppi dvadsati" v Osake.
Donald Tramp na polyax sammita Gruppi dvadsati v Osake. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nyu-York Oliy sudi AQSh prezidenti zimmasiga bir necha xayriya tashkilotlariga 2 mln dollar to‘lash majburiyatini yukladi.

TOShKENT, 8 noya – Sputnik. Nyu-York shtati Oliy sudi AQSh prezidenti Donald Tramp zimmasiga bir necha xayriya tashkilotlarga 2 mln dollar to‘lash majburiyatini yukladi. Donald J. Trump Foundation xayriya fondiga qarshi da’vo arizasi shtat bosh prokuroturasi tomonidan kiritilgan. Bu haqda CNN telekompaniyasi xabar qildi.

Tramp naznachil Zelenskogo novim prezidentom Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Zelenskiyni Rossiyaning yangi prezidenti etib “tayinladi” - video

Shtat bosh prokuroturasi fonddan Trampning xayriya fondi tomonidan yig‘ilgan va keyin uning 2016-yilgi saylovoldi kampaniyasiga berilgan mablag‘larni talab qilgan. Sudning hal qiluv qarorida ta’kidlanishicha, garchi mablag‘lar keyinchalik xayriya maqsadida sarflangan bo‘lsada, uning avvaliga xayriyaga yig‘ilib, saylov kampaniyasiga berilgani qonun buzilishi bo‘lgan.

Bosh prokuror 2,8 mln dollar to‘lash da’vo arizasini kiritgan edi. Sud da’voni qisman qanoatlantirdi va AQSh prezidenti zimmasiga 2 mln dollar to‘lash majburiyati yukladi.

Yangiliklar lentasi
0