Kreml “normand sammiti” sanasini tasdiqladi: Putin va Zelenskiy ilk bor yuzma-yuz uchrashadi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishVidi Moskvi
Vidi Moskvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Yelisey saroyi “normand shaklidagi” (Rossiya, Ukraina, Germaniya, Fransiya) davlat rahbarlari uchrashuvi 9-dekabr kuni Parijda bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan edi.

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. “Normand shaklidagi” sammit 9-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi, tadbirga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni o‘z nihoyasiga yetmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Rabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Yekaterinburg - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Zelenskiy o‘rtasida birinchi uchrashuv Fransiyada bo‘lib o‘tadi

“Kunning ikkinchi yarmida xalqaro telefon suhbatiga oid ma’lumot beramiz. U aynan 9-dekabrda rejalashtirilgan “normand shaklidagi” sammitga tayyorgarlik ko‘rish bilan ko‘proq bog‘liq. Tayyorgarlik ko‘rilmoqda va o‘z nihoyasiga yetib qolgan”, - deya Peskov so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

U rejalashtirilgan sammitda biror bir hujjatni imzolash to‘g‘risida hozirdan gapirish erta ekanini ta’kidlagan.

Ukraina bo‘yicha “normand shaklidagi” muzokaralar 2014-yil iyun oyidan buyon mavjud. Sammitda Donbassdagi vaziyatni barqarorlashtirish masalasi muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0