Tramp NATO a’zolarini yiliga 130 mlrd $ ko‘p to‘lashga majbur etgani bilan maqtandi

Obuna bo‘lish
"Men NATO davlatlari yetakchilari bilan juda zo‘r til topishdim, hatto ularning yiliga 130 milliard dollar ko‘p to‘lashlariga erisha oldim, bu uch yilda 400 milliardga ko‘p degani", - deb maqtangan Tramp

TOShKENT, 5 dek - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp NATO sammitida AQShga faqatgina hurmat ila yondashishgani, o‘zining sammitdagi ishtiroki esa oliy darajada muvaffaqiyatli kechgani haqida ma’lum qildi.

Prezidenti Fransii i SShA Emmanuel Makron i Donald Tramp Tramp v Parije, Fransiya - Sputnik O‘zbekiston
“Miya o‘limi”: Tramp Fransiya yetakchisining NATO haqidagi so‘zlarini tanqid qildi

"Feyk xabarlar tarqatuvchi OAVlar mening Londondagi NATO (sammiti)da kechgan oliy darajadagi muvaffaqiyatli ishtirokimni kamsitish uchun qo‘ldan kelgan harakatlarni qilishmoqda. Men NATO davlatlari yetakchilari bilan juda zo‘r til topishdim, va hatto ularning yiliga 130 milliard dollar ko‘p to‘lashlariga erisha oldim, bu uch yilda 400 milliardga ko‘p degani. AQSh harajatlari endi oshmaydi, uni chuqur hurmat qilishadi", - deb yozgan payshanba kuni Tramp o‘zining Twitterida.

Sal oldin internetda Londondagi NATO sammitida tanaffus vaqtida bir guruh davlat rahbarlari suhbati aks ettirilgan video paydo bo‘lgan edi. Ular sammitga kimningdir kechikib kelganini muhokama qilishayotgan edi, shu bilan bir qatorda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson uchrashuv ishtirokchisi avvaliga 40 daqiqalik matbuot-anjumani o‘tkazishi kerakligi haqida gapirgan, Kanada bosh vaziri Jastin Trudo esa davlat rahbari atrofidagilarning "og‘zi ochilib qolganini" ta’kidlagan. OAV bunda gap Tramp haqida borganligini haqida taxmin qilgan.

Tramp, Trudo tomonidan aytilgan gap bo‘yicha izoh berar ekan, Kanada bosh vazirini "ikkiyuzlamachi", deb atagan.

Natijada keyinchalik Trudo NATO sammiti kuluarida AQSh prezidenti Donald Tramp haqidagi izohlari uchun kechirm so‘ragan-so‘ramaganligi haqida ma’lum qilishdan bosh tortgan. Trudo o‘zining bu gaplari "Katta yettilik" sammiti o‘tkaziladigan joyning kutilmaganda e’lon qilingani bilan bog‘liqligini qayd etgan.

Yangiliklar lentasi
0