KXDRda Trampni "tentak chol", deb atashdi

Obuna bo‘lish
"Uning bu qadar jiddiy emasligi va o‘zini yo‘qotganidan, kun kelib u haqda "telba chol", deyishdan boshqa ilojimiz qolmasligi mumkin", - deb bayonot qilgan Kim Yon Chxol.

TOShKENT, 10 dek – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Trampning yaqinda KXDR haqida aytgan gaplari ixlosimizni qaytarmoqda va uning "telba chol" ekanligini ko‘rsatmoqda, deb bayonot qildi Shimoliy Koreyaning Osiyo-Tinch okeanida tinchlik uchun qo‘mitasi raisi Kim Yon Chxol.

Lider Severnoy Korei Kim Chen In i prezident SShA Donald Tramp vo vremya vtorogo sammita SShA-KNDR v Xanoe, Vyetnam - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Tramp Kim Chen Indan KXDR qurolini AQShga topshirishni so‘radi

Tramp sal oldin o‘zining Twitterida KXDR yetakchisi Kim Chen In "o‘ta aqlli" ekanligini, va agar slishkom dushmanona harakat qiladigan bo‘lsa, "hammasini yo‘qotishi" mumkinligi haqida yozgan edi. Trampga ko‘ra, Kim Chen In shu bois "Qo‘shma shtatlar prezidenti bilan bo‘lgan "o‘ta yaxshi munosabatlarini" oshkor etmaydi yoxud AQShda noyabr oyida bo‘ladigan saylovlarga aralashmaydi".

Tramp, bunga qadar, 7-dekabrda ham jurnalistlarga shimoliy koreyalik yetakchi bilan "munosabatlari o‘ta yaxshiligini", ammo shu bilan birga KXDR tomonidan muayan dushmanlik borligini aytgan edi.

"Bizning boshqa yo‘qotadigan narsamiz yo‘q. Hatto, AQSh bizdan yana nimanidir olib qo‘yish bilan tahdid qilsa, ular bizning mavjudligimizni, bizning kuchimizni, ularga bo‘lgan nafratimizni bizdan tortib ololmaydi… Tramp agar biz nimadir qilsak, u qattiq hayratlanishi haqida aytgan edi. U albatta, hayratlanadi. Biz u hayratlanishi uchun albatta buni qilamiz, agar u hayratlanmasa, bizning ixlosimiz qaytadi", - deb aytgan Kim Yon Chxol, uning so‘zlaridan Koreya Markaziy telegraf agentligi iqtibos keltirgan.

Tramp na vistuplenii OON - Sputnik O‘zbekiston
KXDR Tramp tahdidlarini "it akillashi"ga o‘xshatdi

Kim Yon Chxol shuningdek, Trampning so‘zlari, bu shunchaki "tahdid" ekanligini, va bunday hatti-harakat "ko‘ngil sovishini" keltirib chiqarishini qo‘shimcha qildi. "U bunday harakatlarga yo‘l qo‘yib, har safar shunchaki o‘zining sabrni yo‘qotgan chol ekanligini isbotlamoqda. Uning so‘zlaridan u haddan ziyod havotirdaligi bilinyapti. Uning bu qadar jiddiy emasligi va o‘zini yo‘qotganligidan, kun kelib uni "telba chol" deyishdan boshqa ilojimiz qolmasligi mumkin", - deb bayonot qilgan Kim Yon Chxol.

U shuningdek, agar Tramp bunday harakatlarini davom ettirsa "Rais Kim Chen Inning u haqdagi fikri o‘zgarini mumkinligini" qo‘shimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0