Bloomberg: AQSh “Shimoliy oqim-2” bo‘yicha choralar befoyda ekanini tan oldi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishTruboukladochnoe sudno "Soliter"
Truboukladochnoe sudno Soliter - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Manba AQSh endilikda Rossiyaning boshqa energetika loyihalariga qarshilik ko‘rsatishga kuch sarflashini ta’kidlagan.

TOShKENT, 18 dek — Sputnik. AQShning “Shimoliy oqim-2”ga nisbatan sanksiyalari uni qurishdan to‘xtatib qola olmaydi. Bu haqda Bloomberg Oq uydagi manbalariga tayangan holda xabar qilmoqda.

Nashrning yozishicha, loyihani amalga oshirish deyarli yakunlangan va  AQSh mudofaa budjetiga kiritilgan gaz quvurlariga qarshi sanksiyalar unga jiddiy zarar yetkaza olmaydi.

Manba AQSh endilikda Rossiyaning boshqa energetika loyihalariga qarshilik ko‘rsatishga kuch sarflashini ta’kidlagan.

Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Bundestag Nord Stream 2 tufayli AQShga "taslim bo‘lganini" e’lon qildi

Avvalroq senat mudofaa budjetiga 738 milliard dollar ajratishni yoqlab ovoz berdi. Mudofaa budjetiga Rossiyaning “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalar va Ukrainaga harbiy yordam ham kiritilgan.

"Shimoliy oqim-2" loyihasi Rossiya qirg‘og‘idan Boltiq dengizi bo‘ylab Germaniyagacha tortilgan, umumiy quvvati 55 milliard kubometr gazni yetkazib beradigan ikkita quvurni qurishni nazarda tutadi. Uni 2019-yilda qurib bitkazish rejalashtirilgan. Quvur Rossiya, Finlyandiya, Shvetsiya, Daniya va Germaniya hududiy suvlari yoki maxsus iqtisodiy hududlari orqali o‘tadi.

Rossiya gaz tranzitidan keladigan daromadlarni yo‘qotishdan qo‘rqqan Ukraina va bir qator Yevropa davlatlari, shu jumladan Polsha, Latviya va Litva, shuningdek o‘z suyultirilgan tabiiy gazini Yevropa Ittifoqida o‘tkazishga urinayotgan AQSh "Shimoliy oqim-2" loyihasiga qarshi chiqishmoqda.

Gaz quvurini birinchi navbatda Germaniya va Avstriya qo‘llab-quvvatlamoqda. Ular loyiha Yevropa energetika xavfsizligini mustahkamlaydi deb hisoblashmoqda. Berlin va Venada Rossiyani ishonchli yetkazib beruvchi sifatida ko‘rishlarini ta’kidlashgan.

Yangiliklar lentasi
0