Zelenskiy Putinga qo‘ng‘iroq qildi: prezidentlar bir-birini bayram bilan tabrikladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Fransiyu
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Fransiyu  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi va Ukraina prezidentlari telefon orqali suhbatlashdi. Suhbat davomida prezidentlar bir-birini yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabrikladi.

TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Ukraina yetakchisining ma’muriyati xabar qildi.

Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiy Putin bilan muhokama qilmoqchi bo‘lgan masalalarni aytdi

Davlat rahbarlari bir-birini yaqinlashib kelayotgan bayramlar va 29-dekabrda ushlab turilgan fuqarolar almashinuvi bilan tabriklashdi. Shuningdek, tomonlar kuni kecha Ukraina hududi orqali gaz tranziti bo‘yicha shartnoma imzolanishini olqishlashdi.

Muloqot davomida prezidentlar Qrim va Rossiya hududida saqlanayotgan Ukraina fuqarolarini va Ukrainadagi rossiyaliklarni ozod qilish ro‘yxatini zudlik bilan tuzishga kelishib olishdi.

Tomonlar yaqin kelajakda Donbassda chegara ajratish chizig‘igacha otishmani to‘liq to‘xtatishga umid bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0