Rossiya AQSh va Eron o‘rtasida muloqot o‘rnatishga yordam berishga tayyor - Lavrov

Obuna bo‘lish
Eron va AQSh o‘rtasida yuz bergan keskinliklardan so‘ng Rossiya ular orasida muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.

TOShKENT, 14yanv - Sputnik. Seshanba kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, ikkala tomon ham bunga haqiqatda qiziqish bildirsa, Moskva AQSh va Eron o‘rtasida muloqot o‘rnatishga yordam berishga tayyor, deb bayonot berdi. RIA Novosti xabariga asosan.

"Ko‘pchilik keskinlikni kamaytirish uchun AQSh va Eron o‘rtasidagi aloqalarning boshlanishiga yordam berishga harakat qildi va harakat qilishda davom etmoqda. Biz Fransiya prezidenti (Emmanuyel) Makronning tashabbusini va Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abening harakatlarini ijobiy qabul qilamiz. Agar tomonlar bunga chinakam qiziqish bildirsa, biz yordam berishga tayyormiz."- dedi Shri-Lankaga tashrif buyurgan Lavrov.

So‘nggi haftalarda Yaqin Sharqdagi vaziyat keskin yomonlashdi. Vashington Tehronni ayblagan Iroqdagi AQSh elchixonasida o‘tkazilgan norozilik namoyishidan so‘ng, AQSh harbiylari tomonidan eronlik general Qassam Sulaymoniy Iroqda bo‘lgani paytida o‘ldirildi. Eron Amerika harbiylari joylashgan Iroqdagi bazalarga zarbalar bilan javob berdi, ammo otishmada hech kim jabrlanmadi. Sulaymoniyning o‘ldirilishidan keyin Iroq parlamenti chet el qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqishga chaqirdi.

Yangiliklar lentasi
0