Idlibda olti nafar turk askarlari halok bo‘ldi

© AFP / Muhammad HAJ KADOURVoronka obrazovannaya v rezultate aviaudara v gorode Idlib v Sirii
Voronka obrazovannaya v rezultate aviaudara v gorode Idlib v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Biroz oldin Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘an Idlibda halok bo‘lgan turkiyalik harbiylar uchun qasos olishni va’da bergan edi.

TOShKENT, 3 fev - Sputnik. Idlibda Suriya hukumat armiyasi bilan to‘qnashuvlar natijasida oltita turk askari halok bo‘ldi, deya xabar beradi RIA Novosti Turkiya Mudofaa vazirligiga asosan.

"Idlibga to‘qnashuvlarni oldini olish maqsadida yo‘llangan qurolli bo‘linmalarimizni artilleriya tomonidan intensiv o‘qqa tutilishi natijasida yaralangan bir harbiyimiz va fuqaro xizmatchilarimizdan biri, shifokorlar urinishlariga qaramay vafot etdilar. Shunday qilib, qurbonlar soni olti kishini tashkil etdi", - deyiladi departamentda.

Avvalroq Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Anqara Suriya armiyasi tomonidan berilgan zarbalarni javobsiz qoldirmasligini aytgan edi. Idlibda Turkiya qurolli kuchlari amaliyoti davom etmoqda.

Idlibdagi vaziyat

Rossiya, Eron va Turkiya 2017-yil may oyida Ostonada (hozirda Nur-Sulton) Suriyada to‘rtta deeskalatsiya hududlarini yaratishga kelishib oldilar. Ulardan uchtasi 2018-yilda Damashq nazoratiga o‘tdi. Idlib viloyatida va qo‘shni Latakiya, Xama va Halab viloyatida joylashgan to‘rtinchisi hali ham hukumat qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol etilmagan, aksariyat qismi Jebhat al-Nusra * terrorchilari tomonidan qo‘lga olingan.

V provinsii Idlib (Siriya). Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on Rossiyani Suriya bo‘yicha kelishuvga rioya qilinmayotganlikda aybladi

2018 yil sentabr oyida Sochida Rossiya va Turkiya Idlibda qurolsizlashtirilgan zonani tashkil etish to‘g‘risida bitim imzoladilar, bu yerda o‘ndan ortiq turli xil bo‘linmalar mavjud. Ularning eng yirigi, turkparast "Milliy ozodlik fronti" va "Jebhat an-Nusra"* jami 30 ming jangarilardan tashkil topgan.

Shu yilning yanvar oyi oxirida Suriya armiyasi shaharning aholi yashash hududlari terrorchilar tomonidan har kuni bombalanishi sababli Aleppo g‘arbida hujumni boshladi, buning natijasida o‘nlab tinch aholini haloq bo‘ldi. Uch kundan keyin Bashar Asad armiyasi 2012-yildan beri jangarilar nazorati ostida bo‘lgan va ularning eng katta tayanchlaridan biri bo‘lgan Maaret-Nuuman shahrini terroristlardan ozod qildi.

Anqara va uning ba’zi sheriklari Idlibda keskinlik avj olayotgan paytda Damashq va Moskvani gumanitar maqsadlar va turk harbiylariga zarba berishda ayblamoqda. Rossiya va Suriyada mintaqadagi beqarorlikning sababi terrorchilarning xatti-harakatlari ekaniga ishonishadi.

Erdog‘anning so‘zlariga ko‘ra, Idlibdagi vaziyat normallashmasa, Anqara befarq qolmaydi va buning uchun barcha zarur choralarni, shu jumladan harbiy kuch ishlatishga tayyor.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Yangiliklar lentasi
0