Qozog‘istonda chorva mollar eksporti taqiqlandi: go‘sht narxi qanday bo‘ladi?

© Sputnik / Abzal KaliyevYagnyata
Yagnyata - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston amaldorlari narxini ushlab turish uchun 100 foiz kafolat berolmayapti: bozor va ob-havo sharoiti uning narxini belgilamoqda.

TOShKENT, 21 fev – Sputnik. Qozog‘istonda qo‘y, mayda va yirik qoramollarni eksport qilishga taqiq qo‘yildi. Bundan avval bu chora kiritilishiga Qozog‘iston go‘sht ittifoqi qarshi chiqqandi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Aydarbek Saparovga asosan xabar qildi.

Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar go‘sht va kolbasa salomatlik uchun xavfli ekanligi haqida ogohlantirdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda “hech qanday noroziliklar yo‘q”.

Saparov bu cheklov go‘sht va go‘sht mahsulotlari narxi shakllanishiga qanday ta’sir qilishi mumkinligini aytib o‘tdi.

“Men sizlarni tinchlantirmoqchiman. Go‘sht yo‘nalishidagi davlat yordami, sut yo‘nalishiga qaraganda ko‘proq edi. Buni fermerlar tushunishadi. Bugungi kunda 156 ming boshga yaqin qoramol eksport qilindi. 2011-yildan to bugungi kungacha biz chet eldan keltirilgan zotdor chorvalar olib keldik - qariyb 130 ming bosh. Bir yil ichida biz 156 ming eksport qildik - bu qanday raqam ekanligini tushunasiz?”, - dedi Saparov.

Vazir o‘rinbosari juda ko‘p ishlar amalga oshirildi, shuning uchun chorva mollarini har qanday holatda ham eksport qilish mumkin emas.

"Bizning bugungi vazifamiz - qayta ishlangan mahsulotni eksport qilish. Biz bu yo‘nalishda harakat qilmoqdamiz. Ha, O‘zbekistonda go‘sht narxi 100-120 tangaga yuqori, shuning uchun bugun biz fermerlarga subsidiyalar qoldirdik. Barcha fermerlar kilogramm uchun 200 tangadan olishadi. Bu narxlardagi farqdan ko‘proq", - deb ta’kidladi Saparov.

Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari, fermerlar "hech qanday muammoga duch kelmaydilar", deb ishontirdi. Bir kilogramm go‘sht uchun 200 tenga miqdorida subsidiya oladilar. Shu bilan ichki bozorni ta’minlash rejalashtirilgan.

Korovi na ferme - Sputnik O‘zbekiston
Go‘sht qimmatlashdi: Qozog‘iston qoramol eksportini taqiqladi

"Bugungi kunda bu go‘sht narxiga va hamma narsaga ta’sir qiladi", dedi Saparov.

Biroq, Saparov ichki bozorda go‘sht narxlari ko‘tarilmasligini aniq ayta olmadi.

"Biz (go‘sht) ishlab chiqaramiz, do‘konlar esa chakana sotadi. Vositachilar bor. Men yuz foiz kafolat berolmayman ... Bugun hatto yo‘l yopildi (qor bo‘roni sababli) - yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi mumkin. Qayerdadir vaqtinchalik hodisa bo‘lishi mumkin. Narx barqaror, dekarb bilan solishtirilsa umumiy o‘sish 0,5-0,7% ni tashkil etadi, shuning uchun go‘sht ishlab chiqarishni ta’minlaymiz ", - dedi Saparov.

Chakana narxlarni ushlab turish uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligi Savdo vazirligi bilan ish olib boradi, ammo hokimiyatlar bu ishni joylarda amalga oshirishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0