Avstraliya plyajida g‘alati jonzot topildi

© UnilaidMorskoy zayas
Morskoy zayas - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dengiz quyonlari, sakkizoyoqlar singari, himoya uchun tarkibida toksinlar bo‘lgan siyohlardan foydalanadilar va itlar uchun zaharli hisoblanadi.

TOShKENT, 27 fev - Sputnik. Avstraliyalik erkak Pert yaqinidagi plyajda g‘ayrioddiy bir jonzotni topdi, deb xabar beradi Unilad.

Erkak ushbu jonzotning fotosuratini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. Foydalanuvchilardan biri topilmani plastik qop yordamida okeanga tashlab yuborishni tavsiya qildi. U buni "it qotili" ekanligini ta’kidladi.

Skelet drevnego yashera - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘rqinchli maxluq: Shotlandiyada noma’lum jonivor skeleti topildi - foto

Keyinchalik, Makquari universiteti biologiya fanlari bo‘limi professori Kulum Braun topilgan jonivor dengiz quyoni ekanligini tushuntirdi.

Dengiz quyonlari, sakkizoyoqlar singari, himoya uchun tarkibida toksinlar bo‘lgan siyohlardan foydalanadilar va itlar uchun zaharli hisoblanadi.

Avvalroq "Ciara" to‘foni Shotlandiyaning shimoliy-sharqiy sohiliga sirli dengiz jonzotining skeletini chiqargani ma’lum bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda u qaysi hayvonga tegishli ekanligi haqida tortishuvlar kuchayib ketdi. Ba’zi sharhlovchilar buni kit yoki kasatkaga tegishli deb ta’kidlashsa, boshqalari uni tulki-akulaning qoldiqlari deb taxmin qilishdi.

Yangiliklar lentasi
0