Bir sutkada Rossiyaning yana 15 viloyatida koronavirus aniqlandi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishVrachi skoroy meditsinskoy pomoshi dostavili patsiyenta s podozreniyem na koronavirus v bolnitsu
Vrachi skoroy meditsinskoy pomoshi dostavili patsiyenta s podozreniyem na koronavirus v bolnitsu  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada kasallangan fuqarolardan 104 nafari ushbu virusni xorijda yuqtirib kelgan, qolgan 10 kishi esa ulardan yuqtirgan.

TOShKENT, 17 mar – Sputnik. O‘tgan 24 soat davomida Rossiyada 21ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati aniqlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novovsti Koronavirusga qarshi kurash operativ shtabiga asosan.

Yangi kasallardan 4 nafari Moskvada, Samara, Kaliningrad va Tver viloyatida – 2tadan, Moskva, Tambov, Kaluga, Nijniy Novgorod, Penza, Sverdlovsk, Arxangelsk, Yaroslavl viloyatlari va Tatariston va Xakasiya respublikalari hamda Krasnodar o‘lkasida aniqlangan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, barcha kasallanganlar so‘nggi 2 hafta davomida koronavirus faol tarqalgan xorijiy mamlakatlarda bo‘lib qaytishgan.

Ayni damda shifokorlar ushbu shaxslar bilan aloqada bo‘lgan barcha kishilarni tibbiy kuzatuv ostiga olishgan.

Test-sistemi dlya diagnostiki novogo koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya YeOII va Eronga koronavirus test-tizimlarini yetkazib berdi

Tatariston prezidenti xabariga ko‘ra, Respublikada koronavirus bilan kasallangan yagona shaxs – Fransiya fuqarosi ekanini qayd etdi. Uning ahvoli qoniqarli, kasalxonaga yotqizishdan oldin u o‘z o‘yida izolyatsiyada bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Rossiyada jami 114 nafar kishi koronavirus bilan kasallangan. Ulardan 5 nafari tuzalib ketgan va shifoxonadan uyiga javob berilgan. Qolgan bemorlardan 106 nafarida kasallik yengil formada o‘tmoqda. Rossiyada kasallangan fuqarolardan 104 nafari ushbu virusni xorijda yuqtirib kelgan, qolgan 10 kishi esa ulardan yuqtirgan.

Ma’lumot uchun, bugun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 140 mamlakatda 182 ming kishini tashkil qilmoqda.Vafot etganlar soni 6 ming kishini tashkil qildi.

Yangiliklar lentasi
0