Tramp o‘zini harbiy davr prezidenti, deb atadi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPrezident Ameriki Donald Tramp
Prezident Ameriki Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tramp Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga qaramay, koronavirusni "xitoyniki" deb atadi.

TOShKENT, 19 mar - Sputnik, Aleksey Bogdanovskiy. AQSh prezidenti Donald Tramp 18-mart kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida koronavirus pandemiyasi tufayli o‘zini "harbiy davr prezidenti", deya atadi.

D.Trapm i M.Pens vstretilis s izbiratelyami v shtate Pensilvaniya - Sputnik O‘zbekiston
AQSh prezidenti koronavirus epidemiyasida Xitoyni aybladi

Tramp shuningdek, agar xususiy kompaniyalar tomonidan tibbiy anjomlar ishlab chiqarilishiga zarurat tug‘ilsa, 1950-yildagi mudofaa sanoati to‘g‘risidagi qonunni ishga solishini aytib o‘tgan.

"Men xitoy virusiga qarshi kurashish maqsadida, mudofaa sanoati to‘g‘risidagi qonunni imzoladim, kelajakda holat o‘ta murakkab tus olgan taqdirda unga murojaat qilish uchun. Umid qilamanki, bunga ehtiyoj bo‘lmaydi, bu holatda barchamiz birdammiz", - deb yozgan Tramp o‘zining Twitterida.

Tramp Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga qaramay, koronavirusni "xitoyniki" deb atadi.

AQSh hukumati virus pandemiyasi Pekin bilan munosabatlar o‘tkir tus olgan, AQShdan xitoy jurnalistlari va XXRdan amerikalik jurnalistlar chiqarib yuborilgan bir vaqtda Xitoyda boshlanganini alohida ta’kidlagan.

Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 15 nafarga yetdi

Tramp shu yerda ham xatolikka yo‘l qo‘ydi, u mudofaa sanoati to‘g‘risidagi qonunni imzolagani yo‘q (Bu ishni prezident Garri Truman 1950-yilda amalga oshirgan), balki koronavirus epidemiyasi vaqtida undan foydalanish bo‘yicha farmonga imzo chekkan.

Qonun avval boshdan federal hukumatga Koreyada urush olib borishda yordam uchun mo‘ljallangan edi, ammo keyinchalik uni boshqa urushlarda, shuningek, to‘ronlar va elektr toki o‘chishlari oqibatlarini bartaraf etishda ham foydalanishgan. Qonun federal hukumatga xususiy kompaniyalardan milliy mudofaa ehtiyojlarini qondirish huquqini beradi. Misol uchun, prezident kompaniyalar birinchi navbatda davlat mudofaa shartnomalarini bajarishlarini buyurishi mumkin. Bundan tashqari, qonun prezidentga qator imtiyozlardan, xususan, kerakli ishlab chiqarishni ko‘tarish uchun kreditlash singari imtiyozdan foydalanish huquqini beradi.

Yangiliklar lentasi
0