AQSh nima sababdan Rossiya va Turkiyani urishtirmoqchi - siyosatshunos fikri

© VKontakte / Kamran GasanovPolitolog, starshiy prepodavatel RUDN Kamran Gasanov
Politolog, starshiy prepodavatel RUDN Kamran Gasanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yilda Suriyada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Ostona shartnomasi qabul qilingandan beri amerikaliklar ishlar "noto‘g‘ri" ketayotganligini his qilishmoqda, deydi ekspert.

TOShKENT, 19 mar - Sputnik. Siyosatshunos, Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti katta o‘qituvchisi Kamran Xasanov AQSh Davlat kotibining Suriyada turk harbiylarining o‘ldirilishida Rossiya aybdor degan bayonotiga izoh berdi.

Trassa M5 Damask-Aleppo v rayone poseleniya Maaret-Numan provinsii Idlib v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Turkiya Idlib bo‘yicha ko‘plab masalalar yuzasidan kelishuvga erishdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Mayk Pompeo Rossiyani Suriyada "o‘nlab turk harbiylari" o‘limida aybladi. Shuningdek, u AQShning ittifoqdoshi bo‘lgan Turkiyani qo‘llab-quvvatlash va "zo‘ravonlikni tugatish" uchun yangi choralarni ko‘rib chiqayotganini aytdi.

Ilgari AQSh davlat kotibi Moskva va Anqaraning Suriyadagi hamkorligini ma’qullar edi, deydi siyosatshunos Kamran Hasanov. U Pompeoning bayonotini "munozarali" deb atadi, deb yozadi Sputnik Abxaziya.

"Bir tomondan, Pompeo Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi kelishuvni qo‘llab-quvvatlaydi va bu zo‘ravonlikni kamaytirib tinch aholini qutqarishga imkon beradi, deb aytadi. Shu vaqtning o‘zida, u Rossiya Federatsiyasini turk harbiylarini o‘ldirishda ayblab Turk jamoatchiligi ko‘zi oldida Rossiyaning obro‘siga putur yetkazib, yaqinda Idlibda avj olgan ziddiyatlar sababli parchalanib ketishiga oz qolgan ittifoqqa bo‘linib ketish xavfini soldi”, - dedi Xasanov.

Ekspertning fikricha, yuzaga kelgan vaziyatda AQSh uchun asosiysi - Turkiya ularning ta’sir doirasidan chiqib ketmasligi. 2017-yilda Ostona shartnomasi qabul qilingandan beri amerikaliklar ishlar "noto‘g‘ri" ketayotganligini his qilishmoqda, deb ta’kidlaydi u.

"Turkiya Suriyada Rossiya bilan birga faol ish olib bordi. Amerikaliklar Erdo‘g‘onni (Turkiya Prezidenti Rajab) ustidan nazoratni ushlab turishning iloji yo‘qligini tushunishdi va u Turkiya manfaatlariga mos keladigan bo‘lsa, transatlantik birdamligi uchun Rossiya bilan loyihalardan voz kechishga tayyor emas. 5-mart kungi Idlibda birgalikdagi patrul qilish to‘g‘risidagi Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi kelishuv, AQSh uchun ma’lum miqyosda foyda keltirishi mumkin bo‘lgan har qanday harbiy to‘qnashuvlarni istisno qiladi", - dedi Xasanov.

Uning fikriga ko‘ra, Vashingtonning maqsadi - Turkiya va Rossiya o‘rtasida ochiq urushning oldini olish, chunki NATO ham bunga jalb qilinishi mumkin, lekin shu bilan birga, keskinlikni Turkiyani NATO ta’sir doirasidan chiqmaydigan darajada ushlab turish.

To‘liq sharhni radio podkastida tinglang.

Politolog o deystviyax SShA v Sirii: vnesti raskol v alyans Rossii i Tursii
Yangiliklar lentasi
0