Rossiya neftining narxi to‘xtovsiz pasaymoqda

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishNeftanie stanki-kachalki
Neftanie stanki-kachalki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shimoliy-G‘arbiy Yevropaga yetkazib beriladigan Rossiya Urals neftining narxi bir barrel uchun 18,64 dollargacha tushib ketdi.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Shimoliy-G‘arbiy Yevropaga yetkazib beriladigan Rossiyaning Urals neftining narxi bir barrel uchun 18,64 dollargacha tushib ketdi, deb xabar qildi Argus Media. RIA Novosti xabariga asosan.

Bloomberg Rossiyaning neft urushidagi asosiy kuzirini aytdi

“Aprel oyi uchun shartnoma narxlarini keskin pasaytirish to‘g‘risida Saudi Aramco qarori fonida Urals narxi to‘xtovsiz pasayib bormoqda", - deb yozadi Argus Media.

Ta’kidlanishicha, bu 2002-yil boshidan buyon bo‘lgan eng minimal narxlar.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, aprel oyining boshlarida Boltiq portlaridan neft yetkazib berish mart oyiga nisbatan 25 foizga ko‘paygani haqida xabarlar narx pasayishiga ta’sir qildi.

Kuni kecha jahon neft narxlari 17-18 yillar eng past ko‘rsatkichi kuzatildi. Masalan, Brent  markasi may fucherslari narxi 13 foizdan ko‘proqqa tushib, bir barreli uchun 24,88 dollargacha, WTI bochkasi esa deyarli 23 foizga - 21 dollarga tushdi.

Dunyoda koronavirus pandemiyasi tufayli yil boshida neftga bo‘lgan talab pasaydi, bu narxlarni keskin pasayishiga olib keldi. Mart oyida OPEK+ shartnomasi barbod bo‘lgani sababli neft bozorida qulash yuz berdi.

Stanok-kachalka - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda neft va gaz qazib olish kamaydi

2017 yil boshidan beri OPEK va unga a’zo bo‘lmagan davlatlarning yoqilg‘i ishlab chiqarishni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomasi amal qilgandi. Bir necha bor uzaytirildi, shartlar o‘zgarildi. Xususan, 2019-yil oxiriga qadar kelishuv ishlab chiqarishni 2018-yil oktabr oyidagi darajadan kuniga 1,2 million barrelga, 2020-yilning birinchi choragida esa 1,7 million barrelga kamaytirishni ko‘zda tutilgan edi.

Shu o‘rinda Saudiya Arabistoni qazib olishni yanada qisqartirishni talab qildi, Rossiya esa mavjud shartlarni saqlab turishni taklif qildi. Natijada, tomonlar kelisha olmadilar va 1-apreldan boshlab bitim taraflari hech qanday majburiyatlarga ega bo‘lmaydi.

Shundan so‘ng, Saudiya Arabistoni qazib olishni ko‘paytirish, narxlarni pasaytirish va yevropalik xaridorlarga katta miqdordagi taklif qildi. Bu jahon bozoridagi neft narxlarining pasayishiga olib keldi. Yil boshidan beri narxlar ikki baravar tushdi.

OAV yozishicha, OPEK+ kelishuvi buzilganidan keyin ba’zi davlatlar neft bozorida "narx urushi"ni boshladilar. Jumladan, Reyter agentligi Saudiya Arabistoni o‘zining asosiy bozorlaridan Rossiyaning Urals markali neftini siqib chiqarishga urinishlarni kuchaytirgani, buning o‘rniga o‘z narxini arzonroq narxda sotayotganini ma’lum qildi. Xususan, Fransiya Total kompaniyasi bilan bunday muzokaralar olib borilgan.

Yangiliklar lentasi
0