Xitoyda koronavirusga chalinganlarning deyarli 90 foizi tuzalib ketdi

© AP Photo/Arek RatajUlitsa goroda Uxan v kitayskoy provinsii Xubey
Ulitsa goroda Uxan v kitayskoy provinsii Xubey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
XXR Davlat sog‘liqni saqlash qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, virusni yuqtirib olganlarning deyarli 90 foizi tuzalib ketgan.

TOShKENT, 23 mar - Sputnik. Xitoyda yangi turdagi koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni kundan kunga kamaymoqda. Hozirgi paytda 5 120 kishi kasalxonalarda qolmoqda. XXR Davlat sog‘liqni saqlash qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, virusni yuqtirib olganlarning deyarli 90 foizi tuzalib ketgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus infeksiyasiga chalinishlarning tasdiqlangan holatlari 81093ga yetdi, shundan 72 703 kishi davolandi va kasalxonadan chiqarildi. Bu umumiy holatlarning 89,6 foizini tashkil qiladi.

Praga - Sputnik O‘zbekiston
Chexiya SSV koronavirusni davolashda yordam beradigan dori nomini aytdi

Epidemiya boshlanganidan beri Xubey provinsiyasidan tashqari butun Xitoy bo‘ylab 13293 kasallanish holati qayd etilgan. Ulardan 117 tasi o‘lim bilan yakunlangan, o‘lim holatlari 0,88 %ni tashkil etadi. Epidemiyaning o‘chog‘i  Xubey provinsiyasida 67,800 yuqish holatlari aniqlandi, 3153 kishi vafot etdi, o‘lim darajasi 4,65%.

Shu bilan birga, Xubey provinsiyasi Uxan shahrida o‘lim darajasi 5%ni tashkil etdi. Umumiy hisobda epidemiya 3270 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, mamlakatda o‘lim darajasi o‘rtacha 4 foizni tashkil etdi.

2019 yil 31-dekabr kuni Xitoy hukumati Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga mamlakatning markaziy qismidagi Uxan shahrida (Xubey provinsiyasi) kelib chiqishi noma’lum pnevmoniya kasalligi haqida xabar berdi. Mutaxassislar kasallikning qo‘zg‘atuvchisi yangi koronavirus ekanligini aniqladilar, keyinchalik kasallik rasmiy ravishda COVID-19 deb nomlandi.

JSST 11-mart kuni dunyoda yangi koronavirus pandemiyasini e’lon qildi. XHR Davlat sog‘liqni saqlash qo‘mitasi 12-mart kuni mamlakatda epidemiyaning eng yuqori cho‘qqisi bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0