Iqlim sharoiti koronavirusga ta’sir qilmaydi – Italiya olimlari

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishUsilenie sanitarnogo kontrolya v aeroportu Vnukovo v svazi s koronavirusom
Usilenie sanitarnogo kontrolya v aeroportu Vnukovo v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Italiyalik virusolog Roberto Burioni yozda issiq tufayli pandemiya pasayishi mumkin degan afsonani yo‘qqa chiqardi.

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Iqlim sharoiti koronavirus tarqalishiga ta’sir qilmaydi. Bu haqda Il Giornale nashri italiyalik shifokorlarga asosan maqola tayyorladi.

Obsledovanie na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni oshdi

Xususan, virusolog Roberto Burioni yozda issiq tufayli pandemiya pasayishi mumkin degan afsonani yo‘qqa chiqardi.

Mutaxassis ayrim davlatlar tomonidan joriy etilgan cheklov choralari virus bilan kurashda samarali ekanligini ta’kidladi. Uning nazarida issiq havo boshlanishi bilan nafas yo‘llari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha kasalliklarini yuqtirish holatlari haqiqatan ham kamroq qayd etiladi, havoga tushgan tupuk zarralari tezroq bug‘lanib ketadi, ammo bu hozirgi vaziyatga ta’sir qilishi dargumon.

Milan, Rim va Kte-Peskara universitetlari olimlari ham shunga o‘xshash xulosaga keldilar. Ular Uxan va Italiyaning Lombardiya va Veneto shaharlarida COVID-19ga chalingan odamlar sonini solishtirishdi, bu hududlarda iqlim sharoiti va kasallangan soni o‘rtasida hech qanday bog‘liqlikni topmadilar.

Nashr mualliflari infeksiyaga qarshi kurashish uchun issiq haroratning foydasi haqidagi afsona koronavirusni atipik pnevmoniya (SARS) bilan taqqoslash natijasida paydo bo‘lganligini ta’kidlashdi. SARS 2002-yil oxirida boshlanib, 2003-yil iyul oyida yakunlangandi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, o‘sha epidemiyani hozirgisi bilan taqqoslab bo‘lmaydi.

Dunyoning 170 tadan ortiq davlatda koronavirus aniqlandi. O‘tgan yil yakunida Uxanda COVID-19 birinchi bemorlar paydo bo‘ldi. BSST so‘nggi malumotlariga ko‘ra, 350 ming kishidan ortiq bu virus aniqlandi, 16 ming kishi vafot qildi.

 

Yangiliklar lentasi
0