Rossiyada dam olish kunlari 30-aprelgacha uzaytirildi - Putin

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vistupil s obrasheniyem k grajdanam
Prezident RF V. Putin vistupil s obrasheniyem k grajdanam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida Rossiyada aprel oyining oxiriga qadar maoshlar saqlab qolingan holda dam olish kunlari e’lon qilindi.

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli fuqarolarga yangi murojaat bilan chiqdi. O‘z merojaatida Putin koronavirus tarqalish darajasi pasaymayotgani tufayli mamlakatda 30-aprelga qadar o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish tartibi davom etishini ma’lum qilidi. 

"Men dam olish kunlarini 30-aprelga qadar uzaytirishga qaror qildim. Shuni alohida aytmoqchimanki, oylik maoshlarni saqlab qolgan holda", - dedi Putin. 

Shu bilan bir vaqtda Rossiya prezidenti koronavirus bilan bog‘liq vaziyat rivojlanishiga qarab qo‘shimcha choralar qabul qilishinini ham ma’ulm qildi. Agar vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarsa, dam olish kunlari qisqartirilishi mumkin, dedi Putin. 

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, o‘tib borayotgan dam olish haftasi Rossiyaga epidemiyaga qarshi kurashda, barcha hukumat organlarini va tibbiy manbaalarni mobilizatsiya qilib vaqtdan yutish imkonini berdi. 

Ayni damda Rossiyada 3548 nafar koroonavirusga chalingan bemor aniqlangan. Ulardan 30 nafari vafot etgan 235 nafari tuzalib ketgan. So‘nggi 24 soat davomida ksallanganlar soni 700 kishidan oshgan.

Yangiliklar lentasi
0