Turkistonda havo trevogasi e’lon qilindi

© Press-slujba KChS MVD RKPodtopleni dva sela v Turkestanskoy oblasti
Podtopleni dva sela v Turkestanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xatolik tufayli e’lon qilingan havo trevogasi xalq orasida sarosimani yuzaga keltirdi. Aksariyat odamlar "Sirdaryodan suv kelyapti" deb o‘ylab, uylaridan chiqib qochishga tushgan

TOShKENT, 6-may – Sputnik. Qozog‘istonning Turkiston viloyatida xatolik tufayli havo trevogasi e’lon qilindi. Turkiston akimligi trevoga e’lon qilgan mutasaddilarning barchasi jazolanadi, degan bayonot bilan chiqdi va aholidan uzr so‘radi.

Iz-za proriva dambi v Sirdarye, v Kazaxstane evakuirovali jiteley sel - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga yordam berishga tayyorligini bildirdi

Shaharning 32ta joyida joylashgan ovoz trevogasi orqali: "havo trevogasi" e’lon qilingan, oqibatda aholi orasida tushunmovchilik yuz bergan", - deyiladi akimlik xabarida.

Ovoz uzaytirgichlar orqali kunda koronavirus profilaktikasi bo‘yicha ma’lumotlar berib borilgan, deya tushuntirdi shahar ma’muriyati.

"Biz nima ro‘y berganini tushunmadik", "Sirdaryodan suv kelyapti, deb o‘ylab qo‘rqib ketdik", "Ertalab eshitishimiz bilan, qo‘rqib ketdik", deb yozib qoldirgan Instagram foydalanuvchilari.

"Texnik holat munosabati bilan aybdorlar javobgarlikka tortiladi. Shahar aholisidan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz", - deb qo‘shimcha qilgan akimlik.

Yangiliklar lentasi
0