Simonyan “Urush ovozlari” loyihasi ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirdi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishGlavniy redaktor telekanala RT i MIA "Rossiya segodnya" Margarita Simonyan.
Glavniy redaktor telekanala RT i MIA Rossiya segodnya Margarita Simonyan. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mashhur aktorlar, musiqachilar, rejissorlar va teleboshlovchilar 75-yil oldin frontdan yozilgan maktublarni o‘qidilar.

TOShKENT, 7-may - Sputnik. “Rossiya segodnya” XAA va RT telekanalining bosh muharriri Margarita Simonyan 75-yil oldin frontdan yozilgan maktublarni o‘qigan Sputnik radiosining “Urush ovozlari” loyihasi  ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirdi.

“Ushbu loyihada taniqli aktorlar, musiqachilar, rejissorlar va teleboshlovchilar mutlaqo bepul ishtirok etishdi. Kimdir boshqalardan eshitib biz bilan bog‘landi. Quyidagilar shulardan atigi bir nechtasi: Anatoliy Vasserman, Viktor Suxorukov, Nikolay Rastorguyev, Vladimir Pozner, Filipp Kirkorov, Vladimir Mashkov, Vladimir Jirinovskiy, Vasiliy Lanovoy, Tatyana Tarasova, Dmitriy Guberniyev, Yana Churikova, Nikita Mixalkov, Sergey Garmash. Rahmat!” - deb yozdi Simonyan o‘zining Telegram-kanalida.

Veterani Velikoy Otechestvennoy voyni vozlagayut venki k Vechnomu ognyu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Urush qahramonlari haqida yangi sayt yaratildi

Shuningdek, u o‘z veb-saytida loyihani qo‘llab-quvvatlagan Vladimir Poznerga alohida minnatdorchilik bildirdi.

Ushbu havola orqali barcha xatlarni eshitish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk G‘alaba kuni arafasida "Rossiya segodnya" mediaguruhi tarkibiga kiruvchi Sputnik xalqaro axborot agentligi va radiosi an’anaviy “Front yo‘qlamasi” loyihasini boshladi.

Bu yil koronavirus pandemiyasi munosabati bilan u o‘zgartirilgan formatda o‘tkazilmoqda. Sobiq SSSR respublikalari poytaxtlarini bog‘laydigan video ko‘priklar o‘rniga tahririyat markazlari internetga taniqli siyosatchilar, ishbilarmonlar va madaniyat arboblarini yaqin qarindoshlarining harbiy yo‘li haqidagi hikoyalari bilan videolarni joylashtirmoqdalar.

Yangiliklar lentasi
0