O‘zbek qutqaruvchilari Qozog‘istonda toshqin oqibatlarini bartaraf etmoqda

© Foto : Ofitsialniy sayt premyer-ministra KazaxstanaNavodnenie v Maktaaralskom rayone
Navodnenie v Maktaaralskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
200 dan ortiq xodim zarur texnika - o‘t o‘chirish mashinalari, ekskavatorlar, traktorlar, suv nasoslari, fuqarolarni tashish uchun yuk tashish mashina va avtobuslarni olib kelishdi.

TOShKENT, 7-may — Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari toshqin oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish uchun Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumaniga kelishdi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston respublikasi Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi matbuot xizmatiga asosan xabar qildi.

K-J. Tokayeva - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonning 10 ovulini suv bosdi, 22 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi – Toqayev

Ikki yuz beshta xodim o‘zlari bilan turli xil texnika - o‘t o‘chirish mashinalari, ekskavatorlar, traktorlar, suv nasoslari, yuk tashish mashinalari va fuqarolarni tashish uchun avtobuslar olib kelishdi.

"Qo‘shni davlatdan kelgan ishchi guruh toshqin suvlarini tortib olishga, kanallarni oqizishga va to‘g‘onlar qurishga yordam beradi. Shuningdek, ular uy-joy qurilishida ishtirok etadi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni erta tongda Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori to‘g‘onlardan biri yorilib ketdi. Viloyatdagi bir necha qishloq, shu jumladan Qozog‘iston janubidagi hudud suv ostida qoldi. Ikki mamlakatda umumiy hisobda 120 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sardobadagi texnogen ofat tufayli Qozog‘istonning janubiy qismidagi hududlar ham zarar ko‘rgani, O‘zbekiston hukumati tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qo‘shni davlat bilan yaqindan hamkorlik qilishini aytib o‘tgandi.

Yangiliklar lentasi
0