AQSh senatiga COVID-19 tufayli Xitoyga qarshi sanksiya to‘g‘risida qonun loyihasi kiritildi

Obuna bo‘lish
Qonun loyihasi AQSh prezidentiga Xitoy kasallikning avj olishi haqida to‘liq hisobot taqdim etmasa, sanksiyalar joriy etishni taklif etadi.

TOShKENT, 13-may — Sputnik. AQSh senatori Lindsi Grem senatga COVID-19 tufayli Xitoyga qarshi sanskiyalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini kiritganini ma’lum qildi.  

“COVID-19 uchun javobgarlik to‘g‘risida”gi qonun loyihasi AQSh prezidentiga Xitoy kasallikning avj olishi haqida to‘liq hisobot taqdim etmasa, sanksiyalar joriy etishni taklif etadi.

“Ishonchim komilki, Xitoy Kommunistik partiyasi yolg‘onisiz virus bu yerda, AQShda bo‘lmagan bo‘lar edi”, - degan Lindsi Grem.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy xalqaro hamjamiyatga koronavirus tarqalishi boshlangan Uxandagi laboratoriyada surishtiruv olib borishni rad qilmoqda.

Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp tez orada koronavirus kelib chiqishini oshkor qilishga va’da berdi

“Ishonchim komilki, Xitoy hech qachon, toki uni majbur qilishmasa, jiddiy surishtiruv doirasida hamkorlik qilmaydi”, - deya qo‘shimcha qilgan senator.

Qonun loyihasini yana sakkiz nafar respublikachi senator qo‘llab-quvvatlagan.

Ushbu qonun loyihasi matniga ko‘ra, ikki oy ichida kongress quyidagilar tasdig‘ini olishi kerak:

- Xitoy pandemiya boshlanishiga oid to‘liq hisobotni taqdim etgan;

- virus yovvoyi hayvonlardan odamlarga o‘tgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha bozorlarni yopgan;

- koronavirus tarqalishidan so‘ng qo‘lga olingan Gongong faollanini ozod qilgan.

Ushbu ma’lumotlar tasdig‘isiz AQSh prezidenti sankitsiya joriy etish vakolatiga ega bo‘ladi. Ular aktivlarni muzlatib qo‘yish, kirishni taqiqlash, vizalarni bekor qilish, Amerika moliya tashkilotlariga Xitoy korxonalariga kredit berishini taqiqlashni o‘z ichiga olishi mumkin.

Xitoy koronavirus bilan bog‘liq AQShning barcha ayblovlarini rad etib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0