Habib dog‘istonliklarni toqatli va intizomli bo‘lishga chaqirdi - video

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovXabib Nurmagomedov
Xabib Nurmagomedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dog‘istondagi og‘ir epidemiologik vaziyat tufayli Habib o‘z vatandoshlarini shifokorlarga quloq solishga, o‘z-o‘zini yakkalash tartibiga rioya qilishga va hayit namozini o‘yda o‘qishga chaqirgan.

TOShKENT, 19-may - Sputnik. Dog‘istonda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat juda og‘ir bo‘lgani sababli, mashhur yakkakurashchi Habib Nurmagomedov o‘z instagramida murojaat bilan chiqdi.  

Unda Habib Dog‘istondagi og‘ir vaziyat va ayni damda og‘ir ahvolda davolanayotgan otasi haqida aytib bergan hamda vatandoshlarini o‘z-o‘zini yakkalash tartibiga rioya qilishga chaqirgan. 

"Bizda Dog‘istonda vaziyat juda og‘ir, achinarli. Juda ko‘p odam kasal bo‘lgan, kasalxonalar to‘lib ketgan, vafot etganlar juda ko‘p. Biz hozir o‘z xarakterimizni va o‘z intizomimizni ko‘rsatishimiz kerak. Biz ushbu virusni faqat birgalikda yengishimiz mumkin.

Biz hozir shifokorlarga quloq solishimiz kerak. Ular vaziyatni yaxshiroq tushunadi. Ular bizning kasal bo‘lishimizni istamaydi. Chunki kasalxonalarda joy yo‘q. U yerda uskuna va dori-darmon yetishmaydi.

Nafaqat Dog‘iston yoki Rossiya, ushbu kasallik barcha uchun kutilmaganda keldi. 3-4 oy oldin butun dunyoda milliardlab odamlar uyida o‘tirishiga hech kim ishonmas edi. Bu kasallikni faqat o‘z-o‘zini yakkalash bilan yengish mumkin.

Prezident RF V. Putin provel onlayn-vstrechu s uchastnikami vserossiyskoy aksii MiVmeste - Sputnik O‘zbekiston
Putin koronavirus bo‘yicha Dog‘istondagi og‘ir vaziyatga izoh berdi

Bu kasallikni yenggan 10dan ortiq mamlkatlar bor. Ular faqat birlashgan holda, shifokorlarga quloq solib uni yengishga muvaffaq bo‘lishdi. Shifokorlar bizdan ko‘ra ko‘proq bilishadi, vaziyatni yaxshiroq tushunadi.

Bizda ham boshida hech kim ishonmagan edi, ba’zilar hatto "buni hukumat o‘z manfaati yo‘lida o‘ylab topgan" qabilidagi gaplarni o‘ylab chiqarishardi. Endi bo‘lsa vaziyat achinarli. Mening eng yaqin kishilarim orasida 20 dan ortiq odam og‘ir kasal bo‘ldi. Yaqin kishilarimning ota-onalari orasida bir necha kishi vafot etdi. Katta yoshili kishilarda bu kasallik juda og‘ir kechar ekan. Ota-onalaringiz, bobolaringiz, bolalaringiz haqida o‘ylang. Shifokorlarga quloq soling.

Erta indin bizda muqaddas Ro‘za hayit keladi. Aslida biz bu bayramni bir yil kutdik, lekin hozirgi vaziyatda biz o‘zimizning, katta yoshli yaqin kishilarimizning hayotini saqlab qolishimiz kerak. Shuni uchun uqimishli kishilar gapiga quloq soling. Shifokorlar tavsiyasiga rioya qiling. Mehmonga bormang, uyingizda mehmon qabul qilmang. Olloh bizga yordam bersin. 

Shu o‘rinda otam haqida ham ikki og‘iz aytmoqchiman. Hozir uning ahvoli juda og‘ir. O‘tgan yil biz uning yuragida jarrohlik operatsiyasi o‘tkazgan edik. Virus ta’siri ostida vaziyat yanada og‘irlashgan. Hozir uning yuragida yana qaytadan jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Xullas hozir uning ahvoli juda og‘ir. Xudodan uni qaytarishini so‘rab qolamiz.

Shifokorlar va islomni yaxshi tushunadigan kishilar gapiga quloq solishni, ushbu bayramni uyda o‘tkazishni, bayram namozini ham uyda o‘qishni yana bir bor barchangizdan so‘rab qolaman. Keling barchaga, dog‘istonliklarning mashhur mardligini, xarakterini, toqatlililigini hamda intizomini ko‘rsataylik", - dedi Nurmagomedov. 

Hammangizni kirib kelayotgan muqaddas bayram bilan tabriklayman. Sizlarga meni qo‘llab-quvvatlab turganiningiz uchun katta rahmat. 

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

🤲

Publikatsiya ot Khabib Nurmagomedov (@khabib_nurmagomedov)

Yangiliklar lentasi
0