COVID-19dan davolanganlar atrofdagilarga zararli emas - olimlarning yangi kashfiyoti

© REUTERS / Dado RuvicProbirka s koronavirusom 2019-nCoV
Probirka s koronavirusom 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olimlar koronavirus infeksiyasidan davolangan bemorlar, hattoki testlar virus mavjudligini ko‘rsatsa ham, boshqalarga xavf tug‘dirmasligi isbotini topdilar.

TOShKENT, 20-may - Sputnik. Olimlar koronavirus infeksiyasidan davolangan bemorlar, hattoki testlar virus mavjudligini ko‘rsatsa ham, boshqalarga xavf tug‘dirmasligi isbotini topdilar.

Bu haqda Bloomberg Janubiy Koreyaning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (KCDC) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ma’lumotlariga asoslanib xabar berdi.

Mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda 285ta COVID-19 dan tuzalgan, ammo tashxisi qayta tasdiqlagan bemor ishtirok etdi. Kasallik tarqalish tahdidlar aniqlanmadi.

Laboratoriya Invitro nachala testirovanie na koronavirusnuyu infeksiyu  - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus o‘pkada bemor sog‘aygandan so‘ng ham "yashirinishi" mumkin — olimlar

Koronavirusni tashxisi uchun standart PSR test tizimlari virionlarning holatidan qat’iy nazar - yashovchan yoki ular allaqachon o‘lib bo‘lganmi, baribir borligini ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, inson organizmida tirik virus yo‘q bo‘lsa ham, test ijobiy bo‘ladi.

Agar virus bo‘lmasa, bemor hech kimni yuqtirolmaydi ham. Tadqiqotlar aynan shuni tasdiqladi.

KCDC sinovlari sinovdan o‘tayotgan tuzalgandan keyin ham tanasida COVID-19 virusining 80 kundan ko‘proq vaqt davomida qolishligini tasdiqladi.

Shu bilan birga, bir savol ochiq qolmoqda: davolanib chiqqan bemor haqiqatan ham koronavirusni yana yuqtirishi mumkinmi?

Olimlarning fikriga ko‘ra, kasallikning rivojlanishi bilan bemorning tanasida virusga qarshi antitanachalar hosil bo‘ladi, ular COVID-19 ning qayta infeksiyaga chalinishdan himoya qiluvchi qobiqni yaratadilar. Biroq, hozircha bu ilmiy jihatdan isbotlanmagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 4,89 millionta koronavirus bilan bog‘liq holati aniqlangan, 323 mingdan ortiq odam qurbonga bo‘lgan, 1,7 millionga yaqin kishi shifo topgan.

Yangiliklar lentasi
0