Qozog‘iston O‘zbekiston bilan transchegaraviy suvlar bo‘yicha bitim tayyorladi

© Foto : Ofitsialniy sayt premyer-ministra KazaxstanaNavodnenie v Maktaaralskom rayone
Navodnenie v Maktaaralskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bitim loyihasida transchegaraviy suv obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilinishini doimiy monitoring qilish ko‘zda tutilgan.

TOShKENT, 26-may — Sputnik. Qozog‘iston ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligi mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston bilan transchegaraviy suvlar bo‘yicha bitim loyihasi tayyorlandi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston. Hujjat suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni nazarda tutadi.

Iz Uzbekistana v Kazaxstan otpravlena texnika - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Qozog‘istonga yana 20 dona maxsus texnika yubordi

Shuningdek, bitim normalari Sirdaryo, Chirchiq, Keles, Ugam darolari, Farxod va G‘azalkent gidrouzellariga tegishli.  

Hujjat davlatlararo kanallar - Do‘stlik, Katta Keles magistral, Zax, Xanim, Achinau, Akkoyli, Shimoliy Toshkent kanali, Yuqori Toshkent kanali va V-12, V-15, V-24, V-25 kanallarini boshqarishni o‘z ichiga oladi.

Bitimning asosiy bandlari

Respublikalar umumiy ro‘yxatga muvofiq transchegaraviy suv obyektlari va suv xo‘jaligi inshootlarida suv hisobini yuritadilar, qo‘shma komissiya tomonidan tasdiqlangan tartibda ma’lumot almashinuvi amalga oshiriladi.

Spasateli pomogayut postradavshim ot podtopleniya v Maktaaralskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Xushxabar: Qozog‘istondagi toshqindan zarar ko‘rgan tumanlar suvdan to‘liq tozalandi

Tomonlar suv obyektlarida suv resurslarini taqsimlashini ta’minlaydilar.

Transchegaraviy suv obyektlari va suv xo‘jaligi inshootlarida suv o‘lchash bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimini yaratiladi, ma’lumotlar onlayn rejimida uzatiladi.

Suv xo‘jaligi inshootlarida rekonstruksiya qilish, foydalanish va ta’mirlash, texnik xizmat ko‘rsatilishini moliyalashtirish va boshqa tadbirlarni nazarda tutadigan masalalar bo‘yicha hamkorlik qilish rejalashtirilgan.

Ikki davlat mutaxassislari transchegaraviy suv obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilinishi ustidan monitoring amalga oshiradilar.

Toshqinlar, suv sathi ko‘tarilishi, qurg‘oqchilikning oldini olish va ularning oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha qo‘shma dasturlar ishlab chiqiladi.

Shu bilan birga, bitim loyihasida transchegaraviy suv obyektlarida suv inshootlarini qurish jarayonida O‘zbekiston va Qozog‘istonning harakatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, transchegaraviy suv obyektlari ekotizimlarining barqaror suv sathini saqlash va ta’minlash bo‘yicha yaqin hamkorlik ko‘zda tutilgan.

Birgalikda ishtirok etish asosida ikkala respublika transchegaraviy obyektlarda suvni tejash va suv yo‘qotilishini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradilar. Xususan, kanallarni betonlashtirish, suvni boshqarish muhitini yaxshilash maqsadida suv xo‘jaligi inshootlarini avtomatlashtirish va modernizatsiya qilishni o‘z ichiga oladi.

Riba - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda suv bosgan hududda xavfli baliq topildi

Qo‘shma hujjat ikki mamlakatning transchegaraviy suv obyektlari resurslariga teng huquqlarini belgilaydi.

"Transchegaraviy darolar suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida tomonlar davlatlararo boshqaruvni tashkil etadilar: “Do‘stlik” kanali, Katta Keles magistral kanallari, Zax, Xanim, Achinau, Akkoyli, Shimoliy Toshkent kanali va Yuqori Toshkent kanali bo‘yicha", - deb qayd etilgan loyiha.

Ikki davlat chegara hududlarida joylashgan kollektor-drenaj suv omborlarida suv sathining ko‘tarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, uni bartaraf etish uchun shoshilinch choralar ko‘riladi.

Yangiliklar lentasi
0