Avstriyalik fotosuratchi Rossiya bo‘ylab qanday sayohat qilgani haqida

© Foto : Georg Wallner / @mesto47Puteshestvie avstriyskogo fotografa Georga Vallnera
Puteshestvie avstriyskogo fotografa Georga Vallnera - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avstriyalik suratkash va dizayner u qanday qilib o‘n ming kilometrni bosib o‘tgani, nima uchun kupega qaraganda plaskartda xavfsizroqligi haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, Rossiya bo‘ylab sayohatdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Svetlana Bayeva. Avstriyalik suratkash va dizayner Georg Vallner Zalsburgdan poyezdda keldi va Transsibir temir yo‘li bo‘ylab uzoq sayohat qildi. RIA Novostiga bergan intervyusida u qanday qilib o‘n ming kilometrni bosib o‘tgani, nima uchun kupega qaraganda plaskartda xavfsizroqligi, uning Rossiya haqidagi stereotiplari qulagani va hamrohlari - “deyarli maxfiy agentlar” haqida so‘zlab berdi.

Bolaligimdan poyezdda sayohat qilishni yaxshi ko‘raman.

Men samolyotda tezda yetib borib manzilimda paydo bo‘lishni emas, balki  manzilimga aynan sekin yetib borishda past tezlikni yoqtiraman. Yana men vagonda uxlashni yaxshi ko‘raman - bu juda o‘ziga xos tuyg‘u. Aynan shuning uchun o‘tgan yozda biz jurnalist Marina Dmuxovskaya va Anyuta Proxorova bilan birgalikda harakatlanishning shu usulini tanladik.

© Foto : Georg Wallner/@mesto47Avstriyskiy fotograf Georg Vallner na perrone
Avstriyalik fotosuratchi Rossiya bo‘ylab qanday sayohat qilgani haqida - Sputnik O‘zbekiston
Avstriyskiy fotograf Georg Vallner na perrone

Marina Zalsburgdagi Xalqaro biatlon ittifoqining aloqalar bo‘yicha menejeri edi, aynan shu yerda biz tanishdik. Anyuta uning dugonasi, uzoq vaqt Dubayda yashagan va ishlagan, psixologiyaga qiziqadi.

Bolalikdagi orzuim – poyezd haydovchisi bo‘lib ishlash.

U amalga oshmadi, lekin Transsibir temir yo‘li bo‘ylab sayohat uni yanada yaqinlashtirdi va hatto mening do‘stlarim hazillashganidek "Rossiyani zabt etish" usuliga aylandi.

Avstriyadan Vladivostokkacha bitta boshqa transportga o‘tish bilan yetib borish mumkin.

Buning uchun Nissa - Moskva poyezdiga, keyin esa - to‘g‘ri boradiganiga chiqish kerak. Ammo men ko‘proq narsani ko‘rishni xohladim-da va oxir-oqibat 13 ta poyezdni almashtirdim: avval Polshaga bordim, keyin Poznanda Berlin-Moskva poyezdiga o‘tirdim, Rossiya poytaxtidan boshlab biz shahardan shaharga, Transsibir temir yo‘lining oxirigacha yurdik.

© Foto : Georg Wallner / @mesto47Xram Xrista Spasitelya, snyatiy avstriyskim fotografom Georgom Vallnerom
Avstriyalik fotosuratchi Rossiya bo‘ylab qanday sayohat qilgani haqida - Sputnik O‘zbekiston
Xram Xrista Spasitelya, snyatiy avstriyskim fotografom Georgom Vallnerom

Temir yo‘lda sayohatlar va Avstriya va Rossiyada unga munosabat juda farqlanadi.

Bizda to‘rt soat poyezdda sayohat qilish juda ko‘p deb xisoblashadi. Odamlarga vagonda bir sutkadan ko‘proq kolib ketishni tasavvur qilish qiyin! Shuningdek, Yevropada deyarli hech ham mobil Internet o‘chmaydi, Rossiyada esa hech qanday aloqa bo‘lmaganda, shunchaki telefonni olib qo‘yib, o‘z hamrohlari bilan gaplashasiz yoki derazadan tashqariga tikilasiz.

© Foto : Georg Wallner / @mesto47Solnse cherez okno poyezda
Avstriyalik fotosuratchi Rossiya bo‘ylab qanday sayohat qilgani haqida - Sputnik O‘zbekiston
Solnse cherez okno poyezda

Ba’zan poyezdda biz ikki kunlab o‘tirardik va men bundan rohatlanardim.

Ertalab erta turish shart emas, va kun bo‘yi tamaddi qilib olish uchun tanaffuslar bilan derazaga tikilish mumkin. Menga Volga va Amur darolari uzra quyosh botishi juda yoqdi. Ajablanarli darajada chiroyli! Yana meni uzoq to‘xtashlar naqadar yoqimli ekanligi ham hayratga soldi. Tashqariga chiqasiz, yegulik sotib olasiz, sayr qilasiz.

Safar davomida biz poyezdlarda o‘n marta tunadik.

Mehmonxonalarda esa Nijniy Novgorod, Qozon, Yekaterinburg, Krasnoyarsk, Irkutsk, Olxon orolida, Ulan-Ude, Blagoveshensk, Xabarovsk va Vladivostokda to‘htadik. Har bir shaharda biz qiziqarli sarguzashtlar va uchrashuvlarga duch keldik. Masalan, men toqqa chiqishni yaxshi ko‘raman, shuning uchun eng yorqin taassurotlardan biri bu Krasnoyarsk yaqinidagi cho‘qqilarni zabt etish.

Menga mahalliy «Stolbi” (Ustunlar-tahr.) qo‘riqxonasida uchragan alpinist ayol Irina juda yoqib qoldi.

60 yoshga to‘lganiga qaramay, u meni qoyalarda quvib o‘tdi. Unda ingliz tili mukammal emas, men esa umuman rus tilida gapirmayman. Ammo biz ikkalamiz ham alpinistlar iboralarini bilardik va ko‘p gaplasha oldik. Ammo mening rus do‘stlarim bizni tushunishmadi.

Men hatto “ustunchilar” qatoriga qo‘shishdi ham.

Bu Krasnoyarsk erkin alpinistlar birlashmasi, uning o‘ziga xos submadaniyati bor. Uyda men qoyalarga chiqishda sug‘urtalovchi moslamalar bilan harakat qilaman. Ba’zan “bouldering” bilan, bu qisqa, ammo texnik jihatdan qiyin marshrutlar. “Ustunlar”da ko‘plab marshrutlar ancha yuqoriroqda, xavfliroq.

U yerda biz anchagina baland “Ded” (bobo-tahr.) qoyasini zabt etdik, bu qiyin va xavfli bo‘ldi.

Bir kun kelib men balandlikka sug‘urtalovchi moslamalarsiz ko‘tarilaman deb hech o‘ylamaganman! Mashinaga qaytayotib, Irina bizni haloq bo‘lgan ustunchilarning ismlari yozilgan devor yonidan olib o‘tdi. Bu juda sergaklashtiruvchi bo‘ldi.

Rossiyada men "Niva"ni ijaraga olib, rohat uchun sayr qilmoqchi edim.

Bir safar kichik bir qishloqda do‘stlarim ushbu mashinani ko‘rib, uy egasiga murojaat qilib, uni olib turish mumkinmi deb so‘rashdi. U ha dedi! Bu aql bovar qilmaydigan ish bo‘ldi! Avstriyada birontasi notanish odamga o‘z mashinasini haydashiga ijozat beradi deb o‘ylamayman.

Vladivostokda, "Zarya" zamonaviy san’at markazida nutq so‘zlagandan so‘ng, bir yigit bizning oldimizga kelib, do‘stlari va avtomashinalar noqonuniy poygalari haqida gapirib berdi. O‘sha oqshom biz dragreyserlarning (poygachilarning-tahr.) yig‘ilish joyiga bordik. Men hatto poygada qatnashdim ham! Bu juda qiziqarli bo‘ldi, juda xavfli burilishlar bo‘ldi.

Bir safar bizning kupeda ikkita yo‘lovchi birga ketdi.

Ular o‘zlarining faoliyati haqida tasmaga gapirishni xohlamadilar va ismlarini ham aytmadilar. Deyarli maxfiy agentlarga o‘xshab. Ulardan biri havo halokatlariga ixtisoslashgan tergovchi. Ikkinchisi bir vaqt, harbiy hizmat paytida «Kosmos” raketalari bilan shug‘ullangan. U boshqa hech narsa demadi! Menga esa hamon qiziq, u yerda aynan nima bilan shug‘ullangan.

© Foto : Georg Wallner / @mesto47 Puteshestvie avstriyskogo fotografa Georga Vallnera po Transsibirskoy magistrali
Avstriyalik fotosuratchi Rossiya bo‘ylab qanday sayohat qilgani haqida - Sputnik O‘zbekiston
Puteshestvie avstriyskogo fotografa Georga Vallnera po Transsibirskoy magistrali

Rossiyaga sayohat qilishdan oldin, menga bu ajoyib mamlakat, deb aytishgan, lekin sharqga chuqurlashganin sayin, sivilizatsiya kamroq.

Bu tabiatdan ham, odamlardan ham qo‘rqishni talab qiladi. Barchasi bekor gap! Kimnidir tajribasi boshqacha bo‘lgandir, ayniqsa yolg‘iz sayohat qilsangiz va rus tilini bilmasangiz. Ammo biz uch kishi edik, bundan tashqari ikkitamiz rossiyalik, shuning uchun rus tili borasida muammo bo‘lmadi.

Qizig‘i shundaki, odamlar ba’zan menga bir oz do‘stona emasdek tuyulardi.

Ammo mening chet ellik ekanligimni bilib, hamma jilmayishni va darhol juda yoqimli bo‘lib qolardilar. Menimcha, Rossiyani sayohat uchun juda qiziq qiladigan narsa aynan shu. Bu yerda ular chet ellik mehmonlarga befarq emas, aksariyat sayyohlar oqimidan aziyat chekayotgan mamlakatlardan farqli o‘laroq.

© Foto : Georg Wallner / @mesto47 Puteshestvie avstriyskogo fotografa Georga Vallnera po Transsibirskoy magistrali
Avstriyalik fotosuratchi Rossiya bo‘ylab qanday sayohat qilgani haqida - Sputnik O‘zbekiston
Puteshestvie avstriyskogo fotografa Georga Vallnera po Transsibirskoy magistrali

Ruslar faqat aroq ichadilar degan stereotip tarixga sho‘ng‘idi.

Biz bir yo‘lovchi mast bo‘lgani uchun poyezddan haydab chiqarilganini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik. Rossiyada sayohat qilish juda xavfsiz. Ayniqsa, uchinchi klassda (plaskart - tahr.), bu yerda ko‘p odamlar o‘z oilalari bilan sayohat qilishadi va hamma o‘z hamrohlarini ko‘radi.

Mesto47 loyihasi tog‘larning tepasida ham, kichik qishloqlarda ham, tungi poyezdda choy ustida ham yoritiladigan bir qancha insoniy hikoyalar turkumiga  aylandi.

© Foto : Georg Wallner / @mesto47 Puteshestvie avstriyskogo fotografa Georga Vallnera po Transsibirskoy magistrali
Avstriyalik fotosuratchi Rossiya bo‘ylab qanday sayohat qilgani haqida - Sputnik O‘zbekiston
Puteshestvie avstriyskogo fotografa Georga Vallnera po Transsibirskoy magistrali

"Bu Rossiya haqida oddiy odamlardan yozib olingan hayotiy hikoya: poyezddagi hamrohlar va yo‘lda va shaharlarda bizga uchraydigan tasodifiy yo‘lovchilar hikoyalari. G‘oya Zalsburgdagi pivohonada tug‘ilgan. Mesto47 – bu hayotiy muhim uchrashuvlarning tasodifiyligini anglatuvchi tasodifiy raqam", - deya tushuntiradi Marina Dmuxovskaya. "Biz kupeda uch kishi edik: men jurnalist sifatida, Georg ijodiy rahbar va fotograf sifatida, dugonam Anna esa psixolog sifatida".

"Koronavirus pandemiyasi tugaganidan keyin yana qaytib kelishga umid qilaman, - deydi Georg. Men Yaroslavl va Novosibirskni ko‘rishni juda istayman".
Yangiliklar lentasi
0