Rossiya mudofaa vazirligi 4 ta “Angara” raketasiga buyurtma berdi

© Sputnik / Mikhail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishMaketi rossiyskiy raket-nositeley na Mejdunarodnom aviatsionno-kosmicheskom salone MAKS-2019
Maketi rossiyskiy raket-nositeley na Mejdunarodnom aviatsionno-kosmicheskom salone MAKS-2019  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Roskosmos” va mudofaa vazirligi o‘rtasida 4 dona “Angara” raketa tayyorlash bo‘yicha shartnoma imzolandi.

TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. “Roskosmos” Xrunichem markazi va mudofaa vazirligi “Angara” raketalarini tayyorlash bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Ispitanie novoy ballisticheskoy raketi «Sarmat” - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaga yangi qit’alararo ballistik raketa nima uchun kerak

“Angara-A5” modifikatsiyasida bo‘lgan 4 dona raketaga buyurtma berildi.

Yanvar oyida raketa va kosmik sohadagi agentlik manbasi “Roskosmos” va Mudofaa vazirligi 2020-yilga sinov parvoziga “Angara-A5” raketalarini yetkazib berish bo‘yicha birinchi shartnoma tuzishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi.

Aprel oyida ushbu ma’lumot Roskosmos davlat korporatsiyasi bosh direktori Dmitriy Rogozin tomonidan tasdiqlangan.

Ikkinchi parvoz paytida “Briz-M” kuchaytiruvchi bloki bo‘lgan “Angara-A5” raketasi kosmik kemani geostatsionar orbitaga (35786 kilometr) olib chiqilishi kerak. “Angara-A5”ning birinchi parvozi 2014-yil dekabrda “Plesesk”dan uchirildi, shuningdek, sun’iy yo‘ldoshning geostatsionar orbitaga parvozi bilan amalga oshirildi.

“Angara” - ekologik toza raketalar toifasiga kiradi. U yengil “Angara-1.2”, o‘rta “Angara-A3”, og‘ir “Angara-A5” va modernizatsiya qilingan “Angara-A5M”, shuningdek yuqori quvvatli “Angara-A5V” raketa-tashuvchilarini o‘z ichiga oladi.

Yangiliklar lentasi
0