Rossiyada koronavirusga qarshi yogurt shaklida vaksina yaratilmoqda

© Sputnik / Varvara GertyeSotrudnik na proizvodstve molochnix produktov
Sotrudnik na proizvodstve molochnix produktov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik olimlar tashqi ko‘rinishidan koronavirusga o‘xshagan bakteriya-virus yordamida inson organizmida COVID-19ga qarshi immunitet hosil qilishni rejalashtirishmoqda.

TOShKENT, 3-iyun - Sputnik. Rossiyalik olimlar COVID-19ga qarshi organizmga yogurt shaklida kiritilishi mumkin bo‘lgan g‘ayrioddiy vaksinani yaratishmoqda, dedi Rossiya Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti, biotibbiyot fanlari bo‘limi rahbari, akademik Vladimir Chexonin.

Rossiya fanlar akademiyasi Prezidiumining yig‘ilishida so‘zga chiqqan Chexonin, Sankt-Peterburgdagi Eksperimental Tibbiyot Institutida ishlab chiqilayotgan inson organizmida SARS-CoV-2 infeksiyasiga qarshi to‘siq yaratishga qodir bo‘lgan, vaksina haqida gapirdi.

Harbiy shifokor aytishiga qaraganda, ushbu vaksinani yaratuvchilari S-oqsil probiotik-mikroblarning yuz qismiga genetik muhandislik yo‘li bilan, SARS-CoV-2 koronavirus hujayralarga kirib borishda kalit sifatida foydalanadigan, tolalachalarni joylashtirishga muvaffaq bo‘lishgan. "Natijada yuzasida immunogen oqsil bo‘lgan bakteriya-virus hosil bo‘ladi", - deb tushuntirdi Chexonin, uni fermentlangan sut mahsuloti sifatida kiritish mumkin.

Akademik ayni damda ushbu vaksinaning klinik sinovlari o‘tkazilayotganligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatana Golikovaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya 14 platformada koronavirus uchun 47 xil vaksinani ishlab chiqmoqda.

Yangiliklar lentasi
0