“Virus qayda qoldi?”: Polshada AQSh qo‘shinlari ishtirokida harbiy mashq boshlandi

© Foto : U.S. Army photo / Kimberly SpinnerAmerikanskaya voyennaya texnika pered perebroskoy v Yevropu dlya uchastiya v ucheniyax DEFENDER-Europe 20
Amerikanskaya voyennaya texnika pered perebroskoy v Yevropu dlya uchastiya v ucheniyax DEFENDER-Europe 20 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Polshada koronavirus pandemiyasi sababli qoldirilgan Defender Europe 20 harbiy mashqlariga start berildi.

TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Polshada koronavirus pandemiyasi sababli qoldirilgan Defender Europe 20 harbiy mashqlariga start berildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda NATO aviabazasi raketalar bilan o‘qqa tutildi

So‘nggi 25-yil ichida AQSh qo‘shinlari ishtirokida eng katta mashg‘ulot bo‘lishi kerak edi. Avvaliga Okean ortidan 20 ming askar kelishi, shuningdek, Yevropada joylashgan 9 ming amerikalik harbiy xizmatchi ularga qo‘shilishi rejalashtirilgandi.

Mart oyida AQShning Yevropadagi qo‘mondonligi (EUCOM) Pentagon tomonidan COVID-19 pandemiyasi tufayli Dynamic Front, Joint Warfighting Assessment, Saber Strike va Swift Response mashg‘ulotlari bekor qilinganini ma’lum qilgandi.

Bungacha qo‘mondonlik AQSh mashqda ishtirok etadigan harbiylar sonini kamaytirishini ma’lum qilgandi. Rejaga ko‘ra, Defender Europe final qismi 20-aprel – 20-may oralig‘ida Germaniya, Polsha va Boltiq bo‘yi – 18 ta davlatdan 37 ming qo‘shin ishtirokida o‘tishi kerak edi.  

“Albatta, epidemiya rejalarimizni o‘zgartirdi, ammo asosiysi, biz tezda mavjud sharoitlarga moslashdik. Polsha armiyasi bir daqiqaga ham jangovar tayyorgarligini yo‘qotmadi”, - dedi Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashak mashqlar ochilish marosimida.

Tank T-54 pravitelstvennix sil Livii okolo goroda Sirta - Sputnik O‘zbekiston
Liviya davlatchiligini NATO yo‘q qildi - Lavrov

Mudofaa vaziri “butun dunyo kurashayotgan muammolarga qaramay bu yerga kelib, biz bilan mashq qilayotgani uchun” AQSh qo‘mondonligiga minnatdorlik bildirdi.

Drav poligonida Defender Europe 20 mashqida 6 ming (2 ming Polsha), 100 ta tank va 230 harbiy texnika, artilleriya va raketa komplekslari, aviatsiya – umumiy hisobda 2000 dona texnika ishtirok etadi.

AQSh tomonidan 1-chi diviziya, 2-chi jangovar guruh va 3-chi jangovar aviatsiyadan -  4 mingga yaqin askar ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0