Pekinda topilgan virus Uxandagidan ko‘ra yuqumliroq - mutaxassis

© Sputnik / Anna Ratkoglo / Mediabankka o‘tishPovsednevnaya jizn v Pekine
Povsednevnaya jizn v Pekine - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoylik mutaxassislar aytishiga qaraganda Pekin bozorida topilgan virus tarqalishini oldini olishda issiq ob-havo va koronavirus bilan kurashda orttirilgan tajriba qo‘l kelmoqda.

TOShKENT, 15-iyun - Sputnik. Uxan universiteti Tibbiyot bo‘limining Virusologiya instituti professori Yang Chjansyu Pekinning ulgurji bozorida topilgan koronavirus Uxandagi dengiz mahsulotlari bozorida paydo bo‘lgan virusga qaraganda yuqumliroq deb hisoblaydi.

"Mening o‘ylashimcha, “Sinfadi” bozorida aniqlangan SARS-CoV-2 koronavirusi Uxandagi “Xuanan” bozoridagi virusga qaraganda ancha yuqumliroq", - dedi Yang Chjansyu “Xuansyu Shibao” gazetasiga bergan intervyusida.

U ikkala holatda ham kasallanganlar sonini taqqoslab, Pekindagi vaziyat Uxan ko‘rsatkichiga deyarli yaqinlashmoqda degan xulosaga keldi.

U shuningdek, Uxandagi epidemiya qishda sodir bo‘lganini, Xitoy poytaxtida o‘rnatilgan yoz harorati esa kasallik tarqalishiga to‘sqinlik qilayotganini ta’kidladi.

Rinok v Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Pekin bozorida COVID-19 aniqlangani uchun harbiy holat e’lon qilindi

Uning ta’kidlashicha, Pekindagi joriy holat va Uxandagi voqealar o‘rtasidagi farq shundan iboratki, Xitoy anchagina katta tajriba to‘plab, virusdan himoya qilishning samarali usullarini yaratdi.

Ammo yangi virus avjlanishlari va shtammlarining paydo bo‘lishi vaksinalarni tadqiq etish va ishlab chiqishni qiyinlashtirmokda, deydi xitoylik professor.

Fentay tumanidagi “Sinfadi” yirik ulgurji bozori shanba kuni epidemiologik tekshiruvdan so‘ng import qilingan losos uchun kesish taxtasida koronavirus aniqlanganidan keyin vaqtincha yopildi. Pekin hukumati vakillarining ta’kidlashicha, yakshanba kuni shaharda 76499 kishi koronavirus uchun tekshirilgan, 59 ta tahlil ijobiy chiqqan. Hammasi bo‘lib, hozirgi vaqtda shahar kasalxonalarida COVID-19 bilan 79 kishi joylashtirilgan, ulardan biri o‘ta og‘ir, ikkitasi og‘ir ahvolda.

Sputnik radiosi avvalroq Pekinda COVID bilan kasallanishning yangi holatlari tufayli harbiy holat joriy etilganini xabar qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0