Rossiya koronavirusga qarshi vaksinani jahon bozoriga yetkazib berishga tayyor

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishTestirovanie na antitela k koronavirusu
Testirovanie na antitela k koronavirusu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri mamlakat COVID-19ga qarshi vaksina va test tizimlarni jahon bozoriga yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qildi

TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko mamlakat COVID-19ga qarshi vaksina va test tizimlarni jahon bozoriga yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda u “Global maqsad – kelajak uchun birlashamiz” onlayn sammitdagi chiqishi davomida so‘z yuritdi.

Murashko Rossiya pandemiyaning birinchi kunlaridan boshlab Yevropa, Afrika va turli xalqaro tashkilot, jumladan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga yordam ko‘rsatib kelayotganini eslatdi.

Kto, yesli ne mi: dobrovolsi ob ispitaniyax vaksini ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Ko‘ngillilar koronavirusga qarshi vaksina sinovlari haqida so‘zlab berishdi – video

“Pandemiyaning ikkinchi to‘lqini xatarini inobatga olgan holda Rossiya jahon bozoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri virusga qarshi, jumladan, davolash uchun dorilar, test tizim va vaksina vositalarini yetkazib berishga tayyor”, - deya Murashko so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

Rossiya vaziri Moskva xalqaro tashkilotlar bilan muloqot qilishga tayyorligini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusga qarshi vaksinaning klinik tadqiqotlari Moskva shahridagi ikkita tibbiyot muassasada ko‘ngillilar guruhida o‘tkazilmoqda. Iyul oxiriga qadar ularni yakunlash rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0