Toliblar Qobul bilan murosaga tayyor, deya bayonot qildi AQSh maxsus vakili

© REUTERS / Parwiz ParwizBoyeviki dvijeniya Taliban
Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maxsus vakilning aytishicha, Afg‘oniston kelajagi uchun kiritiladigan investitsiyalar yo‘lida barcha afg‘onlar murosaga borishga majbur bo‘lishlarini "Tolibon" tan olmoqda

TOShKENT, 4-iyul - Sputnik. AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod Doxada Qatar va "Tolibon" radikal harakati delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi va Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish masalalarini muhokama qildi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Chleni terroristicheskogo dvijeniya Taliban v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston
Pentagonning "Tolibon" bilan "birodarligi" qanday yakun topadi

"AQSh moliyaviy rivojlanish xalqaro korporatsiyasi rahbari Adam Beyler bilan birgalikda Doxada Qatar TIV va qatar fondi (vakillari) bilan uchrashuv o‘tkazdik, tinchlik o‘rnatish va mintaqani rivojlantirish bo‘yicha afg‘on jarayoniga hamkorlikda investitsiya kiritish imkoniyatlarini muhokama qildik", - deb yozgan Xalilzod Twitterda. Shuningdek, u bu masalada uni tushunganliklari va bunday investitsiyalarni kiritishning haqiqatda imkoni borligini qayd etgan.

Maxsus vakil so‘zlariga ko‘ra, u mulla Barodar boshchiligidagi toliblar delegatsiyasi bilan ham uchrashuv o‘tkazgan va bu muzokaralarda Afg‘onistonda "mustahkam o‘rnatilgan tinchlikdan so‘ng iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlari"ga urg‘u bergan.

"Biz tinchlikni qo‘llab-quvvatlash uchun rivojlanish bo‘yicha rejalarning amalga oshirilishi erta boshlanishi mumkin emas, degan fikrdamiz, ikkala tomon ham afg‘onlararo muzokaralar yo‘li davomida so‘nggi to‘siqlarni yenga olishlari mumkinligini tan olamiz", - deb yozgan Xalilzod.

Maxsus vakilning aytishicha, Afg‘oniston kelajagi uchun kiritiladigan investitsiyalar yo‘lida barcha afg‘onlar murosaga borishga majbur bo‘lishlarini "Tolibon" tan olmoqda

Yangiliklar lentasi
0