Putin SSSRning 1924 yildagi Konstitutsiyasini “harakati kechiktirilgan mina” deb atadi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin SSSR konstitsiyasida mavjud bo‘lgan respublikalarning ittifoq tarkibidan ajralib chiqishi huquqi - kelajakda uning tarqalib ketishiga zamin yaratganini aytib o‘tdi.

TOShKENT, 6-iyul - Sputnik. Vladimir Putin Sovet Ittifoqi Konstitutsiyasida mavjud bo‘lgan, respublikalarning ittifoq tarkibidan ajralib chiqishi huquqi - kelajakda uning parchalanishiga zamin yaratganini aytib o‘tdi. 

“Bu Sovet Ittifoqi tashkil topayotgan paytda, 1922-yilda ishga tushirilgan “harakati kechiktirilgan mina bo‘lgan”, - dedi Putin “Rossiya 1” telekanali efirida.

U, shuningdek, zamonaviy Rossiya bunga yo‘l qo‘ymasligi kerakligini ta’kidladi. Aynan shuning uchun Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar ishlab chiqildiki, bu Putinning fikricha, mamlakatni ssenariy takrorlanishidan ogohlantirishga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, RF Konstitutsiyasining yangilangan matni 4-iyul kunidan kuchga kirdi. Bu 25-iyundan 1-iyulgacha bo‘lib o‘tgan Asosiy qonunga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida umumrossiya ovoz berishidan keyin mumkin bo‘ldi.

100% protokollar ko‘rib chiqilganidan, yakuniy ishtirok 67,97 foizni tashkil etdi. O‘zgartirishlarni ishtirokchilarning 77,92% (deyarli 58 million rossiyaliklar) ma’qulladi, 21,27% (taxminan 16 million kishi) qarshi ovoz berdi.

Yangiliklar lentasi
0