Qirg‘iziston prezidenti to‘ylarni taqiqlashni taklif qildi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovRestoran. Arxivnoe foto
Restoran. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sooronbay Jeenbekov mamlakat Xavfsizlik yig‘ilishi kengashida viloyatlararo transport harakatini vaqtincha to‘xtatish va to‘ylarni taqiqlashni taklif qildi.

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakat Xavfsizlik yig‘ilishi kengashida viloyatlararo transport harakatini vaqtincha to‘xtatish va to‘ylarni taqiqlashni taklif qildi.

Vo vsex rinkax pri vxode ustanovleni dezinfeksionnie tunneli dlya posetiteley - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus Markaziy Osiyoda: Qirg‘iziston qurbonlar soni bo‘yicha Tojikistonni ortda qoldirdi

“Tarozi toshiga aholi salomatligi va iqtisodiy xavfsizlik qo‘yilganda, biz karantin e’lon qildik va sabr bilan favqulodda holat rejimiga rioya qildik. Bu rejim olib tashlangandan keyin kasallanish keskin o‘sdi, koronavirus natijasida esa ko‘plab aholimiz pnevmoniyadan aziyat chekmoqda”, - dedi Jeenbekov.

Shuningdek, u avvalroq tantanali tadbirlarni taqiqlash to‘g‘risida taklif kiritganini eslatib o‘tdi va respublika shtabini bu borasida o‘z nuqtayi nazarini aniq belgilashga chaqirdi.

“Men Jogorku Kenesh yig‘ilishida ommaviy tantanali tadbirlarni rasman taqiqlash iltimosi bilan murojaat qilgan edim. O‘ylaymanki, bu masala borasida alohida rasmiy qaror qilinishi to‘g‘ri bo‘ladi”, - dedi Qirg‘iziston rahbari.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Qirg‘izistonda 7 691 ta koronavirus holati qayd etilgan. Shundan 2 843 bemor tuzalib ketgan. 92 kishi virus qurboniga aylangan. Bundan tashqari, kasalxonaga ko‘plab kishilar pnevmoniya bilan yotqizilmoqda. Mart oyidan buyon 195 kishi ushbu kasallikdan vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0