Moskvada Delivery Club kuryerlari ish tashlash e’lon qildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishMigrant
Migrant - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Delivery Club taom yetkazib berish xizmati kuryerlari maosh to‘lanmayotgani tufayli ish tashlashni e’lon qildi.

TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Moskvada Delivery Club taom yetkazib berish xizmati kuryerlari maosh to‘lanmayotgani tufayli ish tashlashni e’lon qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva bo‘yicha bosh tergov boshqarmasi vakili Yuliya Ivanovaning so‘zlariga ko‘ra, tergovchilar surishtiruv ishlarini boshlab yuborishgan.

“Turli ma’lumotlardan ma’lum bo‘ladiki, kompaniya rahbariyati 2020-yilning may oyidan hozirga qadar 30 nafardan kam bo‘lmagan xodimlarga ish haqini to‘lamagan”, - dedi Ivanova.

Ushbu kompaniya xodimlari 4-iyul kuni “Yutub”ga video murojaat joylashtirib, ish haqi to‘lanmayotganidan shikoyat qilishgan.

Yangiliklar lentasi
0